Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Fargʻona shahridagi ommaviy qabuli ham insonga xizmat qilish eng sharafli qadriyat ekanini yana bir bor isbotlab beryapti.
Aslida ham har qanday masalaning eng maqbul yechimi, avvalo, insonni tinglash, insonni tushunishdan boshlanadi.
Prezident Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, viloyat sektorlari rahbarlarining asosan Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan murojaatchilar bilan kechgan ochiq-jonli muloqotlarida ham har bir masala sinchiklab oʻrganildi. Nohaqdan haqni ajratishda esa qonuniylik va adolat asosiy mezon boʻldi.
Oliy sud rahbariyati, barcha ixtisoslikdagi sudyalar bilan keng koʻlamdagi muloqotlar ham murojaatchilar-u advokatlar uchun har bir masalaga oydinlik kiritish, savollarga javob topish uchun nihoyatda qulay plaftorma boʻldi. Aytaylik, poplik Noila Joʻrayeva murojaatidan soʻng unga oid jinoyat ishi materiallari qayta koʻrib chiqilishi belgilandi. Bu borada sud ekspertizasi ham tayinlandi.
Margʻilonlik Inobatxon Qurbonovaning onasiga ajratilgan yer maydonini boshqa shaxslar egallab, uy qurib, hatto sotib yuborganiga oid shikoyati esa Bosh prokuratura nazoratiga olindi. Barcha holat va hujjatlar oʻrganilib, masala qonuniy-adolatli hal qilib beriladigan boʻldi.
Tijorat banki vakili esa Margʻilondagi korxonalardan biri 2020-yildan beri olgan kreditini qaytarmayotganidan arz qildi. Murojaat joyida oʻrganilib, bankning 3 mlrd. 200 mln soʻm haqdorligi undirib berildi.
Ichki ishlar vaziri bilan muloqotlar asosida 7 nafar sobiq xodim tizimga ishga tiklandi. Fargʻonalik Mansur Mirzakarimovning ham adolat-u haqiqat uchun yetti yillik kurashi bugun goʻzal xotima topdi.
Yoki namanganlik podpolkovnik Orifjon Rahimov sud oqlovi va Ichki ishlar vazirligi xulosasi asosida 13 yil deganda yana oʻz sohasiga qaytyapti.
Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasida gipsakarton ishlab chiqarayotgan Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonalaridan birining hisobchisi Temurmalik Gʻaniyev va korxona menejeri Jang Jehan murojaati asosida qoʻshma korxonaning mol-mulk va yer soligʻi bilan bogʻliq qator masalalariga joyida oydinlik kiritilib, ijobiy hal etildi.
Ommaviy qabulda 925 ta masala koʻrib chiqilib, ularning 395 tasi joyida hal qilindi. 182 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahat berilgan boʻlsa, 348 ta masala nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi qabullari davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |