“Andijon suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan hududlarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, iste’molchilarga oqava suv xizmatini ko‘rsatish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yil davomida ichimlik va oqava suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ming 322 kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i, 207 dona suv qudug‘ini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan.
Ana shu ishlar amalga oshirilishi bilan viloyatda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 86,9 foizdan 88,3 foizga yetkaziladi. Barcha manbaalar hisobidan joriy yilning 1- choragida 460 kilometr ichimlik suv tarmog‘i va 55 dona suv qudug‘i qurish, 50 dona suv qudug‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Ana shu davr mobaynida mutaxassislar tomonidan 463 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortildi, 55 dona suv qudug‘i qurilib, 50 ta mavjud suv qudug‘ini rekonstruksiya qilindi.
Tan olish kerak, viloyatning ayrim hududlarida uzoq yillar davomida toza ichimlik suvi ta’minotida o‘ziga xos muammolar mavjud edi. Ana shu hududlardagi aksariyat aholi suvni uzoq masofadan tashib kelishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ayrim iste’molchilarga suv tashuvchi maxsus transport vositalari orqali xizmat ko‘rsatilardi. Joriy yilda qator hududlarda ana shu muammo bartaraf etildi.
Qariyb uch ming nafar aholi istiqomat qilayotgan Jalaquduq tumanidagi Qalambek mahallasida o‘ttiz yildirki, aholini ichimlik suvi muammosi qiynab kelar edi. Mahalla hududiga 5 kilometr masofadan suv quvuri tortildi, 1 ta suv qudug‘i va 30 tonna sig‘imga ega bo‘lgan suv to‘plash inshooti o‘rnatildi. Natijada mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammo bartaraf etilib, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji to‘la qondirildi.
Paxtaobod tumanidagi Andijon mahallasiga esa 3,2 kilometr masofadan yangi suv quvuri tortildi, mavjud 1 ta suv qudug‘i rekonstruksiya qilinib, mahalla aholisining ichimlik suvi bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida birgina Baliqchi tumanida 21 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ayni kunga qadar qator mahallalarda ishlar yakuniga yetkazilib, mahallalar aholisining ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilandi. Jumladan, tumanning Sho‘r mahallasida 2,2 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 2 ta suv qudug‘i rekonstruksiya qilindi.
Marhamat tumanidagi Alitepa mahallasida ham katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Mahallaning suv ta’minotini yaxshilash uchun 6,5 kilometr yangi suv tarmog‘i tortilib, 1 ta suv qudug‘i va suv to‘plash inshooti qurildi.
Viloyatda belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda. Biroq, moliyalashtirish borasidagi muammolar tufayli bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish ishlari to‘xtab qolgan.
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida aholi murojaatlari asosida ishlab chiqilgan uchta istiqbolli loyiha 2023 yil “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilishi belgilangan edi, – deydi “Andijon suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Shuhratbek Matmusayev. – Biroq, joriy yilda mazkur dastur amalga oshirilmasligi va moliyalashtirish manbaasiga aniqlik kiritilmaganligi sababli ana shu loyihalar doirasida Andijon shahri, Asaka va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 38 kilometr suv tarmog‘i, 5 dona suv qudug‘ini rekonstruksiya qilish va 1 dona suv inshootini qurish ishlarining amalga oshirilishi kechikmoqda. Umumiy qiymati 18,9 milliard so‘mga teng mazkur loyihalarni amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining yordami zarur bo‘lmoqda.
Yil yakuniga qadar aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq belgilangan barcha ishlar to‘la bajariladi. Eng muhimi, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |