2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yuzlab kilometr ichki yoʻllar taʼmirlanmoqda

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi oʻz faoliyatini Andijon viloyatida davom ettirmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.

Oʻtgan davr mabaynida hududda aholi uchun dolzarb boʻlib turgan muammolarni hal etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yoʻllarning jami 260,8 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 173,7 km yoʻlga shagʻal (shu jumladan, 12 ta ogʻir mahallada 73,6 km) yotqizildi, 5,7 km yoʻl betonlashtirildi, 81,4 km yoʻl asfalt qilindi.

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,6 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari oʻrnatildi, 38 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta oʻrnatildi va 12 ta suv nasoslari yangilandi.

Aholiga qoʻshimcha 5 649 tonna suyultirilag gaz yetkazib berildi. 16 985 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʻrigi tashkil etildi, 262 ta gaz taqsimlash punktlarida mukammal taʼmirlash va diagnostika ishlari amalga oshirildi, 173 ta yangi gaz ballon yetkazib berildi, 29,6 km gaz quvurlari havo bosimi ostida tozalandi va sinovdan oʻtkazildi, 32,8 km gaz quvurlari tartibga keltirildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 126 ta transformator punklari mukammal taʼmirlandi, 361,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi, 22,6 km yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi,
136 km elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi va
60 ta temir-beton ustunlar oʻrnatildi.

Viloyatida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida 201 618 nafar fuqarolar qamrab olindi, 70 116 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 1 254 nafari (20 nafari Respublika va 1 234 nafari viloyat, shahar, tuman miqiyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi va 69 094 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Oilaviy poliklinikalarda 156 178 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi.

Ishlar davom etmoqda.

31.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar