2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uch viloyat sarhisobi

Davlatimiz rahbari tomonidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirdi? Quyida uch viloyat sarhisobi bilan tanishing.

ANDIJON VILOYATIDA
“Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida 2023 yilda dasturlarga tushmagan ichki tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish maqsadida viloyatning 12 ta mahallasida 80,4 km. yo‘l tanlab olinib, to‘liq shag‘allashtirildi. Ichki yo‘llarning jami 289,8 km. qismi ta’mirlandi. 
Aholiga 6 247,3 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 16,4 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari o‘rnatilib,  52 ta suv nasoslari ta’mirlandi va qayta o‘rnatildi.  Shuningdek, 12 ta suv nasosi yangilanib,  120 ta yangi elektr ustunlar o‘rnatildi, 176 ta transformator mukammal ta’mirlandi, 388,7 km. elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi va 29,9 km.  yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan may oyida 1 140 nafar fuqaroga 49 429,2 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

“Ayollar daftari”dagi 10 604 nafar xotin-qizga 6 036,6 mln. so‘m, “Yoshlar daftari”dagi 1 577 nafar fuqaroga 2 413,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar davomida 230 287 nafar fuqaro qamrab olindi, 81 698 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, 1 768 nafari (viloyat, shahar, tuman miqyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi. 131 nafar ehtiyojmand fuqaroga jami 147,7 mln. so‘mlik reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

XORAZM VILOYATIDA 
Fuqarolar murojaatlarida uy-joy, ko‘chmas mulk buzilishi evaziga kompensatsiya to‘lab berilmagani yuzasidan muammo o‘rganilib, 42 nafar fuqaroga 9,1 mlrd. so‘mlik kompensatsiya pullari to‘lab berilishi bo‘yicha Xorazm viloyati hokimining farmoyishi qabul qilindi. 
Aholi roziligini ta’minlash maqsadida qisqa vaqt ichida barcha kuch va vositalarni jalb etgan holda ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Respublika va mahalliy byudjetdan 4 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida viloyat Shtabi tuzildi va jami 100 km. ichki yo‘lni shag‘allashtirish ishlari boshlandi. Shundan jami 18,8 km. qismi ta’mirlandi. 

Aholiga 309,6 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 93 ta temir beton tayanchlar, 2 ta transformator o‘rnatildi, 1,0 km. tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 0,5 km. tarmoq tortilib, 0,2 km oqova suv quvuri almashtirildi va 1 ta transformator, 2 ta zulfin yangidan o‘rnatildi, 2 ta nasos ta’mirlandi. 9 ta tuman (shahar)dagi 40 ta ko‘p qavatli uyda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Hududlarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 34 304 nafar fuqaro qamrab olindi, 10 420 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 785 nafari shifoxonalarga yotqizildi. Yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj 9 nafar bemorga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 438 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 57,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 608 nafar fuqaroga 15,6 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 
Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 106 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 416,7 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. 
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 67 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilaga jami 325,9 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 485 nafar xotin-qizga 433,2 mln. so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 163 nafar fuqaroga 506,4 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

TOSHKENT VILOYATIDA 
Jami 30,4 km. ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 3,8 km. ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Aholiga 94,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 ta temir beton tayanch yangilandi hamda 21,5 km. tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 2 150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 

Bekobod shahri, Chinoz, Quyi Chirchiq hamda Toshkent tumanlarida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ushbu ko‘rik davomida 883 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 841 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 42 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan muassasalari mutaxassislari tomonidan 20 nafar bemorga yuqori texnologik operatsiyalari o‘tkazildi va iyun oyining oxiriga qadar yana 72 nafar bemorga operatsiya rejalashtirildi. Viloyatda 66 nafar ehtiyojmand fuqaroga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi. 
Tijorat banklari tomonidan 2 378 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 180 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 633 nafar fuqaroga 15,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar, uy-joy sotib olish uchun 91 nafar fuqaroga 15 mlrd. so‘m kredit hamda ta’lim krediti yo‘nalishida 6 nafar fuqaroga 45 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, viloyatda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida hokim yordamchilari tomonidan 580 nafar fuqaroga jami 14,6 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratish uchun tavsiyanoma berilib, kredit ajratildi. Bundan tashqari, “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘arma”si mablag‘lari hisobidan 67 nafar fuqaroga jami 271,2 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari hisobidan tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish maqsadida aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilangan holda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Keyingi bosqichda Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida davom ettiradi.

05.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar