Davlatimiz rahbari topshirigʼiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazm viloyatining Xonqa tumani «Durgadik» mahallasida tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda Prezident Аdministratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Soliq qoʼmitasi, viloyat hokimligi rahbar va masʼullari Qoraqalpogʼiston va Xorazm aholisi muammolarini tingladi.
Jumladan, 149 ta murojaat boʼyicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya va takroran kassatsiya tartibida mazmunan koʼrib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hayʼatlariga koʼrib chiqish uchun oʼtkazildi. 37 nafar mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 ta jinoyat ishi boʼyicha 2 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod etildi, 4 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli tugatildi.
Undan tashqari, tadbirkorlik subʼektlari daʼvo arizalari asosida ular foydasiga 1.2 mlrd. soʼmlik qarzdorlik undirilishi belgilandi.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan muloqotlar natijasida surishtiruv yo dastlabki tergov harakatlaridan norozi 63 nafar murojaatchining masalasi hal qilib berilgani yoki 12 nafar sobiq xodimning yana tizimga ishga tiklangani – jamiyatimizda adolat ovozi tobora balandroq jaranglayotganiga yorqin hayotiy misoldir.
Xivalik Odilbek Xudoyberganov esa oilaviy korxonasi uchun olgan 2 milliard 179 million soʼm kreditni toʼlayotgan boʼlsa-da, bank va taʼminotchi xorijdan qoʼlqop ishlab chiqarish uskunalarini toʼliq yetkazib bermaganidan shikoyat qilyapti. Murojaatdan soʼng mazkur masala Bosh prokuratura nazoratiga olindi.
Qoraqalpogʼistonlik Shaydo Nuralieva avvalgi murojaatlari asosida kuni kecha turmush oʼrtogʼi Husniddin Nuralievga oqlov hukmi chiqarilgani uchun Oliy sud masʼullariga minnatdorlik bildirdi.
Soliq qoʼmitasi masʼullariga murojaatidan soʼng urganchlik tadbirkor Oybek Bekchanovga notoʼgʼri hisoblangan 1 mlrd. soʼmdan ziyod qoʼshilgan qiymat soligʼi qaytariladigan boʼldi.
Bundan tashqari qabullar natijasida 63 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga kontrakt toʼlovlari toʼlab berilishi belgilandi, 40 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari, zarur asbob-uskuna va boshqa jihozlar berildi.
Ommaviy qabulda koʼrib chiqilgan 1164ta masalaning 331tasi joyida hal qilinib, 262 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan boʼlsa, 571 ta murojaat nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |