2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulhumor Xidirova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Nigora Toshqulova, Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari Adolat Boymurodova hududdagi oilalar turmush sharoitini o‘rganib, fuqarolar muammolarini tingladi.

Ishchi guruh tumandagi Chuqurko‘l mahallasidagi yotoqli bemorlar hamda og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan xotin-qizlar holidan xabar olib,  ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi. Bundan tashqari jami 4 nafar, ya’ni 2 nafar boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizga tikuv mashinasi va 2 nafariga pishirish pechi berildi.  

Shuningdek, mas’ullar mahalladagi nizoli oilalar bilan muloqot qilib, oiladagi mavjud muammoni hal etish va oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rdi.  

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi 5 nafar ehtiyojmand oila xotin-qizlariga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berildi.

10.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar