Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi 17 ta maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Tumanda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Mustaqillik mahallasidagi 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasi kapital taʼmirlandi. Mahallaning “Binokor” koʻchasidagi 1979 yilda qurilgan 2-maktabgacha taʼlim muassasasi binosi biror marta kapital taʼmirlanmagan edi. Joriy yil tegishli manzilli dastur asosida muassasada 4 milliard 284 million soʻmlik kapital taʼmirlash ishlari bajarildi.
– Hozir muassasamiz toʻliq quvvat bilan ishlamoqda. Inshootlar toʻliq yangilanib, qoʻshimcha binolar ham qurildi. Muassasa quvvati oldingiga nisbatan ikki baravardan ziyod oshirilib, oʻrinlar soni 120 tadan 280 taga yetkazildi. Yotoqxona, oshxona, oʻyin, mashgʻulot xonalari, bolalar yozgi ayvonchalari va sport maydonchalari, futbol oʻyingohi hamda choʻmilish havzasi zarur jihozlar bilan taʼminlandi, – deydi muassasa rahbari N.Isroilova.
Eʼtiborlisi, bu mahallada zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar bogʻchasi birgina shu emas. Hududdagi 7-maktabgacha taʼlim muassasasi ham manzilli dastur asosida kapital taʼmirdan chiqarildi. 3 milliard 76 million soʻmlik kapital taʼmirlash ishlari bajarilgan inshoot tubdan yangilanib, quvvati 120 oʻrindan 140 oʻringa oshirildi.
– Muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Taʼlim-tarbiya ishlari zamonaviy usulda yoʻlga qoʻyilgan bogʻchalarda ingliz tili va boshqa sogʻlomlashtirish toʻgaraklari ishlamoqda, – deydi ota-onalar nomidan M. Qarshiboyeva.
Quvonarlisi, dastur asosida hududdagi yana ikkita – 1- va 5- maktabgacha taʼlim muassasa ham taʼmirlanmoqda. Oʻtgan asrning soʻnggi choragida qurilgan bu maktabgacha taʼlim muassasalari binolari ham biror marta kapital taʼmirlanmagani bois achinarli holga kelib qolgan edi. Inshootlarning texnik-gigiyenik talablarga javob bermasligi, zarur sharoitlar yaratilmagani oqibatida ota-onalarning “bolamni bogʻchaga bermayman”, deyishlari oddiy holga aylangan edi.
Yaqinda vaqtlarda mahalladagi ushbu bogʻchalarda ham qayta qurish ishlari bitkazilishi bilan hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni taʼlimga toʻliq qamrab olinishi bilan birga ota-onalarning tanlash imkoniyati yanada ortib, muassasalar oʻrtasida raqobat muhiti yuzaga keladi.
Tuman maktabgacha taʼlim tizimidagi katta oʻzgarishlar faqat shular emas. Ushbu sohadagi yangilanish tumanning barcha qishloq va mahallalarida amalga oshirilayotir. Mirzadala shaharchasidagi 3 ta, Yerjar mahallasidagi 2 ta, Doʻstlik mahallasida, Yangidala, Ipak yoʻli, Toshkent, Paxtazor, Oʻzbekiston qishloqlarida 1 tadan maktabgacha taʼlim muassasasida 2018-2019 yillar manzilli dasturi asosida rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
– Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yaqin istiqbolda hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni toʻliq qamrab olish imkonini yaratadi, – deydi tuman maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri X.Normatova. – Shu maqsadda barcha muassasalardagi bino va inshootlar rekonstruksiyasi davomida oʻrinlar soni oldingi yillarga qaraganda koʻpaytirilmoqda. Dasturga asosan barcha zarur jihozlar, mebellar, oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari bilan toʻliq taʼminlanadi. Shu bilan bir vaqtda taʼlim-tarbiyani zamonaviy talablar asosida yoʻlga qoʻyish uchun xodimlarning bilim va malakalarini oshirishga, yosh kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratyapmiz.
Tumanda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan muhim oʻzgarishlardan yana biri xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyilayotganidir. Mirzadala shaharchasida tadbirkor Amirilla Joʻraboyev sobiq maishiy xizmat uyining boʻsh turgan binosini “nol” qiymatda olib, loyiha qiymati 4 milliard 367 million soʻmlik 135 oʻrinli xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etdi. Gʻalaba mahallasida 60 oʻrinli yana bir xususiy bogʻcha qurildi. Tumanda davlat sherikchiligi asosida xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari qurilib ishga tushirilishi soha rivojiga muhim hissa boʻlib qoʻshilmoqda.
Maktabgacha taʼlim tizimiga bugungi kun talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamidan kelib chiqib nazar solinsa, ushbu soha tubdan yangilanayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. Biroq katta kuch, katta mablagʻ evaziga amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar jarayonida qurilish-taʼmirlash ishlarining kechikishlari, taʼminotdagi uzilishlar, ulgurolmaslik kabi kamchiliklar ham yoʻq emas, albatta. Masalan, qurilish ishlari allaqachon yakunlangan Toshkent mahallasida 14-, taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetayotgan “Mustaqillik” mahallasidagi 5-, Mirzadala shaharchasidagi 8-, Yangidala qishlogʻidagi 9- va Oʻzbekiston qishlogʻidagi 16-maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlar bilan taʼminlash kechikayotir.
Ammo olib borilayotgan ishlar surʼatining balandligi bu kabi kamchiliklarni tuzatish ham uzoqqa choʻzilmasligiga umid uygʻotadi.
Toshqul Beknazarov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |