2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!

Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

Dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda avvalo el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Ayni paytda bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, ulkan maqsad va vazifalarimizga uyg‘un va hamohang ekanini his etib, ko‘ngillarimiz yanada shukuhga to‘lmoqda.

Yurtimizdagi har bir mahalla, shahar va qishloqdagi tinchlik va obodlik, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona va olijanob mehnati bilan hayotimizni yanada erkin va farovon qilish, inson qadrini ulug‘lashdek ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan barcha aziz yurtdoshlarimizga chin dildan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli do‘stlar!

Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizni rivojlantirish, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum, albatta.

Xususan, mo‘min-musulmonlarimiz uchun yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlar tufayli mana shu Qurbon hayiti kunlarida 15 ming nafar vatandoshimiz Makkai mukarramada muqaddas haj ziyoratini ado etmoqda.

Ularning barchasini bugungi ulug‘ ayyom bilan qutlab, Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, oilalarimiz, farzandlarimizning baxtu iqbolini tilab qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

Hech shubhasiz, ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, go‘zal yurtimizni yagona Vatan deb biladigan barcha millat va elat vakillarining urf-odat va an’analarini saqlash hamda rivojlantirishga biz bundan buyon ham alohida ahamiyat qaratamiz.

Ishonchim komil, barchamiz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Yangi O‘zbekistonni, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaromiz tinch-osoyishta, erkin va farovon yashaydigan, tom ma’nodagi do‘stlik va bag‘rikenglik diyoriga aylantiramiz.

Mana shu munavvar lahzalarda dunyoning uzoq-yaqin hududlaridagi barcha mo‘min-musulmonlarga samimiy tabriklarimizni yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.

Hurmatli vatandoshlar!

Keyingi yillarda shakllangan yaxshi an’anamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi.

Bu xonadonlarimizga, hayotimizga Iyd al-adhoning ezgulik nuri, chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Muqaddas maskanlar, ulug‘ ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, mo‘’tabar ota-onalarimiz, qarindosh-urug‘larimiz, yoru birodarlarimizni yo‘qlash, ko‘mak va yordamga muhtojlar holidan xabar olish, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirish uchun bu – yana bir qulay imkoniyat, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Siz, aziz yurtdoshlarimni, butun xalqimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor muborakbod etib, bayramni oila, do‘stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilayman.

Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llab-quvvatlasin!

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

28.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar