2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashabbusi amalda: aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida “Sultonobod” suv uzatish inshooti ish boshladi.

Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari, tuman mas’ullari, mehnat faxriylari, sultonobodlik aholi vakillari qatnashdi. Viloyat rahbari qishloqlar aholisi turmushidagi bu yangilik bilan barchani tabriklab, gidroinshoot qurilishida mehnat qilgan ishchi-mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ham ko‘p yildirki, iste’molga yaroqli suvni uzoqdan, turli manbalardan tashib kelib iste’mol qilayotgan aholining tashvish, muammolarini tizimli hal qilish sa’y-harakatiga kirishilgan. Hududda aynan markazlashgan suv ta’minoti tizimini joriy qilish — vodoprovodlashtirish xususida gap ketganda, joriy yil boshida tuman aholisining atigi 40 foizi bu imkoniyatdan bahramand bo‘layotgani holda manzilli loyihalar natijasida bu qamrovni kengaytirishga erishilmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tumanning G‘ijduvon tumani bilan chegaradosh “Sultonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ham umumiy qiymati 5 milliard 300 million so‘mga teng loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Bundan maqsad hududdagi Hasanhoji, Sug‘ut, Ko‘lobod qishloqlaridagi jami 431 ta xonadon va ularda istiqomat qilayotgan qariyb 2 ming 300 nafar aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir.

– Moliyalashtirilgan sarmoyaga “Sultonobod” suv inshooti barpo qilinib, 1 ming kub metr suvni saqlash, filtrlash va uzatish rezervuari qazib tayyorlandi, – deydi Suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injeniring kompaniyasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi texnik nazoratchisi Anvar Bekmurodov. – Nasos agregatlari, boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan gidroinshoot bilan birga, yuqorida aytilgan uchta qishloq bo‘ylab 17,2 kilometr masofaga plastmass quvur yotqizilib, vodoprovod tarmog‘i, quduqlar o‘rnatildi. 

Loyihani amalga oshirishda “Said Muhammadamin servis” MCHJ suvsozlari alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Bunda asosiy manba esa G‘ajduvon — Vobkent avtoyo‘li bo‘ylab viloyat markaziga tomon o‘tgan “Samarqand — Damxo‘ja — Buxoro” magistral suv tarmog‘idir. Yaqin o‘tgan yillarda G‘ijduvon — Shofirkon tumanlari oralab mazkur suv tarmog‘i o‘tkazilgan edi.

Yana bir ahamiyatli jihati, endilikda “Sultonobod” suv uzatish inshooti orqali tumanning Temirchi va Nekkishi qishloqlari aholisini ham ichimlik suvi bilan ta’minlash chora-tadbiri ko‘rilmoqda. 

Bu hududda pudratchi “Remstroykomplekt invest injeniring” MCHJ tomonidan ikki qishloq ko‘chalari bo‘ylab uzunligi 25,6 kilometr masofadagi vodoprovodlashtirish tarmog‘ini qurish ishlari bir necha oy burun boshlangan va shu kunlarda so‘nggi montaj ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligi kunlarida hududdagi 1 ming 500 dan ortiq xonadon va ularda istiqomat qilayotgan jami 7 ming 300 ga yaqin aholi “obi hayot” ta’minotidan bahramand bo‘ladi. “Buxoro suvta’minot” MCHJ dan olingan ma’lumotga binoan, yuqoridagi aholi punktlari kabi ayni paytda tumanda o‘ndan ortiq mahalla va qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash orqali joriy yil yakuniga qadar “obi hayot” qamrovini 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.

25.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar