Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Tegishli idoralar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida qariyb sakkiz soat davom etgan qabulda 200 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uy-joy, moddiy yordam olish, ta’lim kontraktini to‘lashga ko‘maklashish, bank krediti ajratish, yashash sharoitlarini yaxshilash, subsidiyalar ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ishga tiklash, sud qarori ijrosini ta’minlash, tibbiy xizmatlar, shu jumladan, murakkab jarrohlik amaliyotlari orqali yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish kabi masalalarda qilingan murojaatlarning ko‘pi qabul chog‘ida o‘z yechimini topdi. Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar joyida soha mutasaddilariga yo‘naltirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |