Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanidagi bir qator mahallalarda bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Bugungi kunda aholi muammolarini joyiga borib o‘rganish, ochiq muloqot orqali fuqarolarni bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni tezkor va ijobiy hal etish har bir davlat organi hamda mansabdor shaxs oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Viloyat rahbarining Xatirchi tumanidagi tashrifining ilk manzili “Oltinsoy” mahallasi, Quduqcha qishlog‘i bo‘ldi. Qishloqda 180 nafardan ortiq aholi istiqomat qilib, asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. 48-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 50 nafarga yaqin fuqaro qatnashib, ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarga asfalt yotqizish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolanish uchun yo‘llanma ajratish kabi 10 dan ortiq masalalar bilan murojaat qildi.
Tumanning “Ikrom Karvon” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda esa “Toshquloq” va “Tamabahrin” mahallalari aholisi ham ishtirok etib, o‘z muammo hamda takliflarini bildirdi. Qabulda 50 nafardan ortiq fuqaro tomonidan 20 ga yaqin masalalar o‘rtaga tashlangan bo‘lsa, ularning 60 foizi joyida hal etildi. Jumladan, sayyor qabulda ishtirok etgan 1-guruh nogironligi bo‘lgan Anvar Boymurodovga hamda Matluba Ro‘zimurodovaning farzandiga nogironlik aravachasi beriladigan bo‘ldi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |