2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
YeXHT DIIHB saylovni kuzatish missiyasi o‘z xulosalarini taqdim etdi

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 15 ta xalqaro tashkilot, 47 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan 800 ga yaqin xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi. Bugun xalqaro tashkilotlar missiyalari vakillari matbuot anjumanlari tashkil etib, O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini kuzatish natijalarini ma’lum qildi.

Jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) saylovni kuzatish missiyasi tomonidan ham matbuot anjumani tashkil etildi. Unda YeXHT DIIHB missiyasi vakillari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.    

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, YeXHT DIIHB missiyasi tarkibida 220 nafar kuzatuvchi respublikamizning turli nuqtalaridagi qator saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovni kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Har bir saylov uchastkasida saylovchilarning kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi, byulletenlarni to‘ldirishi kabi barcha jarayonlar kuzatib borildi. Ovoz berish jarayonida fuqarolar kunning birinchi yarmida faollik bilan ishtirok etgani aytildi. 

Barcha saylov uchastkalarida partiya vakillari, mahalla vakillari hozir bo‘lib, jarayonning shaffofligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishgani alohida ta’kidlandi. 

Shuningdek, missiya vakillari so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida xotin-qizlarning davlat va jamiyatdagi ishtiroki kengayayotgani, xususan, parlament a’zolarining 29,8 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani, shu jumladan saylov jarayonida ham xotin-qizlar yaxshi ishtirok etganini qayd etdi. 

Ta’kidlanishicha, Markaziy saylov komissiyasi saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lishi barobarida keng qonuniy vakolatlar bilan ta’minlangan. MSK muddat qisqaligiga qaramay, saylovga tayyorgarlikni samarali boshqardi, qonunda belgilangan muddatlarga rioya qildi. Muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib, saylov jarayonining turli jihatlarini batafsil tartibga solib turdi. Shuningdek, MSK majlislarida MSKga va quyi bo‘g‘in saylov organlariga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha hisobotlar e’lon qilib borildi. Bu esa saylov jarayonlarining ochiqligini oshiradi.    

Matbuot anjumanida missiya vakillari tomonidan kuzatilgan ayrim kamchiliklar ham aytib o‘tildi va qator tavsiyalar berildi.    

Matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan qator savollar bilan missiya vakillariga murojaat qildi va tegishli javoblar oldilar.    

YeXHT DIIHB saylovni kuzatish missiyasi o‘z kuzatuvlari bo‘yicha yakuniy xulosalarini batafsil taqdim etishlarini ma’lum qildi.    

10.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar