2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashabbusi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 10 dan ortiq qishloq va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 21 kilometr quvur tortildi. “Oqtosh” suv taqsimlash inshootining ishga tushirilishi natijasida tog‘li hududning 35 mingdan ortiq fuqarolari xonadoniga toza ichimlik suvi yetkazib berish sifati yanada yaxshilanadi.

Bugungi kunga kelib 1 million 443 ming 400 nafar aholisi bo‘lgan Jizzax viloyatida yashash manzillarining markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 62 foizga yaqinlashdi. Lekin, bugun viloyatning 38 foiz aholisi hamon alternativ ichimlik suvi manbalaridan foydalanib kelmoqda. Ushbu va boshqa davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida aholini toza ichimlik suvga bo‘lgan talabini to‘la qondirishda Zarafshon daryosi suvidan foydalanish loyihasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur loyiha rejadagidan ortiq hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatiga egaligini e’tirof etish lozim.  

– Dono xalqimizda suv keltirgan elda aziz, degan ajoyib naql bor. Baxmal tumani 1971 yilda tashkil topgan. Shu kungacha ham ichimlik suvi muammosi aholini qiynab keladi. Aytmagan rahbarimiz, yozmagan joyimiz qolmadi. Nihoyat, davlatimiz rahbari jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashganda, saylov oldi dasturida viloyat aholisini 2030 yilga qadar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 90 foizdan ortishini ta’kidlab o‘tdi. Nihoyat tumanimiz aholisining asriy orzularini amalga oshirish loyihasi, bugun yetarlicha ishchi kuchi va texnikalar quvvati bilan ta’minlanib, suv quvurini “Oqtosh” suv tozalash inshootidan O‘smat shaharchasigacha, eng chekka eng olis qishloqlargacha tortishga kirishildi, – deydi mehnat faxriysi Usmon Yangiboyev. – Hozirda “Uzunbuloq” suv tozalash inshootidan O‘smat shaharchasidagi “Oq tosh” suv taqsimlash inshootiga asosiy tarmoqni tortish ishlari boshlanibdi.  

Ishning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi keng jamoatchilik tomonidan ham nazorat qilib borilmoqda. Aholisi tarqoq joylashgan hududlarni bir tizimda ichimlik suvi bilan ta’minlash, ancha murakkab va katta mablag‘ talab etadi. Shunga qaramasdan birinchi o‘rinda Uzunbuloq qishlog‘iga va xuddi shunday tog‘li maskanda joylashgan 8 qishloq va mahallalarga suv yetkazib berishga mas’ullar sidqidildan kirishganlari alohida tahsinga loyiq.  

– Prezidentimizning joriy yil 2 maydagi “2023–2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida 15 suv va 3 oqova suv ob’ektlariga 78 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan, – deydi Jizzax suv ta’minoti Baxmal tumani filiali boshlig‘i Furqat Abduvaliyev. – 122,4 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 10,2 kilometr oqova suv tarmoqlarini qurish orqali 66 ming 465 nafar aholini ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. Shuningdek, tumanning12 eng chekka qishlog‘idagi 1 ming 150 nafar aholi ilk marotaba toza ichimlik suvini ichish baxtiga muyassar bo‘ladi. Ayni paytda, Baxmal tumani aholisining 35 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Ushbu loyiha to‘liq ishga tushgach O‘smat shaharchasi 100, tuman aholisining 80 foizi toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.  

Joriy yilning 1 may holatiga pudratchilar tomonidan 122 milliard 200 million so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilgan. Buyurtmachi tomonidan pudratchilarga 123 milliard 500 million so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. 70 ob’ekt belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan. Ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari yakuni bilan 106 ming nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi va viloyatdagi 48 eng chekka qishloqdagi 78 ming nafar aholi esa ilk marotaba ichimlik suv ta’minotiga ega bo‘ladi.  

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori doirasida joriy yilgi investitsiya dasturiga asosan 6 ob’ektga 105 milliard 700 million so‘m mablag‘ ajratilgan. 1 may holatiga pudratchilar tomonidan 62 milliard 200 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari yakuni bilan 38 ming nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. 9 eng chekka qishloqdagi 4 ming nafar aholi ilk marotaba toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 

–Davlatimiz rahbarining 2018 yil 4 maydagi “Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori doirasida “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash” loyihasiga respublika byudjeti hisobidan ajratilgan 579 milliard 500 million so‘m mablag‘dan 521 milliard 700 million so‘mi o‘zlashtirildi, – deydi suv ta’minoti va oqova suv qurilishi injiniring kompaniyasi texnik nazoratchisi O‘tkir Ziyadullayev. – Ob’ektda jami 163 kilometr magistral suv tarmoqlaridan 135,7 kilometr quvurlar yotqizildi yoki boshqacha aytganda 83 foizlik ish bajarildi, uchta inshoot: 1-ko‘tarma nasos stansiyasi, “Uzunbuloq” suv tozalash, Jizzax suv taqsimlash inshootlari qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.  

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, bugungi kunda aholining toza ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorligi 78 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida ishchi va xizmatchi xodimlarning oylik ish haqqi pastligi, o‘z vaqtida berilmasligi oqibatida malakali kadrlarning qo‘nimsizligiga va sohada ekspluatatsiya jarayonida qator muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 oktyabrdagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori(ning yangi versiyasi) bilan Jizzax viloyati hududida qarovsiz qoldirilgan 172 yakka tartibdagi artezian quduqlar yaroqsiz holda “Jizzax suv ta’minoti” MCHJ balansiga qabul qilingan. Hozirgi kunda korxonaning moliyaviy ahvoli barqaror holatda emas. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 47 suv nasosi xarid qilish uchun 940 million so‘m pul mablag‘lari beg‘araz ajratish borasida amaliy yordam zarur. Lekin nima sababdan deputatlar bu masalaga e’tibor qaratmayapti.  

Bugungi kunda yirik suv inshootlari “Qo‘ytosh” suv uzatish inshooti G‘allaorol tumani Qo‘ytosh shaharchasi, “Ravot” suv uzatish inshooti Zarbdor tumani Bo‘ston shaharchasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Ushbu inshootlarning yaqin atrofida fermer xo‘jaliklari tomonidan artezian quduqlardan yerlarni sug‘orish maqsadida noo‘rin foydalanishi natijasida yer osti suv sathining keskin pasayib ketishi yuzaga kelmoqda. Bu esa, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojida bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.  

Kelgusi manzilli dasturlarga asosan olis hududlarda joylashgan 120 qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun korxona tomonidan aniq takliflar berilgan. Ushbu takliflar, yuqori turuvchi mutasaddi idoralar rahbarlari va vakillari tomonidan ko‘rib chiqilib, amaliy choralarga o‘tilsa mavjud muammolar bartaraf etilishiga zamin yaratiladi.  

16.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar