2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uylarni sotishda shaffoflik zarur

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan videoselektor shaklidagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, korxona-tashkilotlar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, faollar ishtirok etdi. Viloyat hokimligining ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Hoshimov yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriqlarning bajarilish holati bo‘yicha axborot berdi.  

Xususan, viloyat hokimligining Kapital qurilish va kommunikatsiyalar bo‘yicha kotibiyatida 149 topshiriq ijrosi ta’minlanmagani, maxsus elektron tizimga topshiriqlar ijrosining holati bo‘yicha axborot kiritilmay kelinayotgani keskin tanqid qilindi. Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish holati ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi bu masalaning tashkiliy, moliyaviy jihatlariga to‘xtaldi. Jumladan, mahsulotni maktab va tibbiyot muassasalari omborlariga keltirish, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish muhim masala ekani qayd etildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan rahbarlar ogohlantirildi.  

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekiston” turar joy massivlarining qurilish jarayoniga to‘xtaldi. Chirchiq, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida qurilayotgan mazkur massivlarda ishlar rejadan ortda qolayotgani, nafaqat qurilish, qolaversa, uylarni sotish jarayoni ham shaffof emasligi aytildi. O‘z navbatida odamlarda uyni vositachisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga ishonch yo‘qolayotgani, bunday ishlarga qarshi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuchaytirishi zarurligiga e’tibor qaratildi.  

18.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar