Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Andijon viloyatida davom ettirmoqda. Uyma-uy yurib oʻrganishlar jarayonida aholidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish joylari bilan taʼminlash masalalariga oid boʻlmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, aholiga qoʻshimcha 223 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududda gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida Andijon shahri “Yangi hayot” mahallasidagi 1 350 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi uzunligi 450 metr gaz quvuri joriy taʼmirlanib, tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 52 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatish ishlari bajarildi. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida 26 dona, Izboskan tumanida 10 dona, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida 8 donadan tayanch ustunlar oʻrnatildi.
Ichimlik suvini yaxshilash borasida hududda 1 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Andijon tumani “Naymanobod” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudugʻi kompressor orqali tozlanib aholiga ichimlik suv yetkazib berilishi tiklandi. Jalaquduq tumani “Beshtol” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudugʻidagi nasos joriy taʼmirlanib ishga tushirildi. Paxtaobod tumani “Sohil” mahallasida ichimlik suv tarmogʻini mukkamal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Kommunal xoʻjaligi sohasini yaxshilash borasida Boʻston tumani “Doʻstlik” mahallasi Mustaqillik koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning fasad qismi va kirish yoʻlaklari taʼmirlash ishlari hamda harakat datchikli yoritish chiroqlari va oʻrindiqlar oʻrnatildi.
Aholini sogʻligʻini muxofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, Andijon shahrida maqsadli tibbiy koʻrik tashkil etilib, koʻrik davomida 364 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan, tibbiy koʻrik jarayonida 218 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi.
Tibbiy koʻriklarda kasallik aniqlangan 202 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 16 nafar bemorlarga shahar va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yoʻllanma berildi. Uy sharoitida davolanishga muhtoj 103 nafar bemorga bepul dori darmonlar berildi.
Viloyatda tadbirkorlikni rivojalantrish, aholini ish bilan taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 519 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 103,0 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.
Shuningdek, Jalaquduq tumanida 63 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 5 724 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlib, joriy yilning bugungi kun holatiga 4 523 nafariga amaliy yordam koʻrsatilgan. Jumladan, Olmazor mahallasida yashovchi, ijtimoiy yordamga muhtoj, 1-guruh nogironi Turgʻunova Gulnora Abdugʻafforovnaning holidan xabar olinib, unga murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi.
Yoki “A.Raxmonov” mahallasi Shodlik koʻchasida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan, 1-guruh nogironi Alimjonova Sojidaxon Sultonovnaga ham uning murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |