Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining yana bir manzali Jizzax viloyati boʻldi. Guruh aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha qator amaliy ishlar olib bormoqda.
Xususan, yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida viloyat ichki yoʻllarning jami 17,9 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 15,4 km yoʻl asfalt qilindi, 2,5 km yoʻlga shagʻal yotqizildi va yoʻl betonlashtirildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 87 ta temir beton tayanchlar, 1 ta transformator oʻrnatildi. Jumladan, Zafarobod tumani “Chimqoʻrgʻon” QFY hududiga 38 ta temir beton ustunlar, Zarbdor tumani “Sharq yulduzi” QFY “Baxt” qishlogʻida 1 ta transformator punkti oʻrnatildi.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 5,6 km tarmoq tortildi, 1 ta suv nasosi oʻrnatildi, 1 ta suv qudugʻi qazildi. Jumladan, Sh.Rashidov tumani “Yangi diyor”, “Eminsoy”, “Kuyovboshi”, Paxtakor tumani “Buyuk ipak yoʻli”, Zafarobod tumani “Nurafshon” mahallalarida jami 3,5 km suv tarmoqlarini yotqizish va 1 ta suv qudugʻi qazish kovlash ishlari olib borildi.
Aholiga 5 754 ta qoʻshimcha gaz ballonlari yetkazib berildi. 1 538 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari hamda 345 ta gaz taqsimlash nuqtalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi, 67 nafar isteʼmolchiga bosim sozlagichlar oʻrnatilib, gaz taʼminoti yaxshilandi.
Jami 14,2 km uzunlikda optik tola aloqa tarmogʻi tortildi va 115 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.
Aholi sogʻligʻini saqlash, taʼlim, yoshlar masalalari ham Ishchi guruh eʼtibori markazida boʻlmoqda.
Jumladan, Zarbdor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida, Zafarobod tumani “Tinchlik” mahallasida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida 639 nafar fuqarolar qamrab olindi, 399 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 20 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yoʻllanma berildi. Tadbirlarda “Sogʻlom ovqatlanish yarmarkalari”, ”Salomatlik maydonchalari” tashkil etildi.
Zomin tumani “Navbahor” va “Gulshan” mahallalarida yashovchi 4 nafar uyda taʼlim oluvchi nogiron oʻquvchilarning holidan xabar olindi, oʻquv qurollari hamda sovgʻalar topshirildi.
Viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 811 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga jami 23,5 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 346 nafar fuqaroga 3,6 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 12 nafar fuqaroga 99,5 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar ajratildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” roʻyxatidagi 231 nafar xotin-qizlarga 388,6 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 212 nafar xotin-qizlarga 215,6 mln. soʻmlik bir martalik moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, 14 nafar fuqarolarning uy-joy taʼmiri uchun 87 mln. soʻm pul mablagʻlari berildi, 5 nafar xotin-qizlarning davolanishi va operatsiyasi uchun 86 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Bundan tashqari, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan va ijobiy hal etilmagan 2 766 ta murojaatlar 13 ta vazirlik, idoralar kesimida koʻrib chiqish uchun taqsimlandi. Bugungi kun holatiga 115 ta murojaat ijobiy hal etildi. Shundan, bandlik yoʻnalishida 35 ta, xotin-qizlar masalasidagi 32 ta, kredit masalasida 19 ta, pensiya masalasidagi 13 ta , taʼlim, uy-joy kommunal, kadastr, gaz masalalaridagi 16 ta murojaatlar ijobiy hal etildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |