2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: Surxondaryo va Toshkent aholisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari o‘rganilmoqda

Bugungi kunda davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida davom ettirmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, respublikaning 15 ta vazirlik va idoralari, viloyat, tuman hamda shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.  

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma, ijtimoiy ob’ektlar holati, aholi bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi dolzarb masalalarga qaratilmoqda.  

Qisqa muddat ichida Respublika ishchi guruhi mas’ullari sa’y-harakati bilan Surxondaryo viloyatida ichki yo‘llarning 17,9 km. qismi ta’mirlandi. Shundan 10,1 km. shag‘allashtirildi, 7,8 km. yo‘l asfalt qilindi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 174 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 6,1 km. yangi tarmoq tortildi. Aholiga qo‘shimcha 482,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 14,2 km. tarmoq tortildi, 5 ta suv qudug‘i qazildi, 2 ta suv minorasi o‘rnatildi.  

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 110 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektiga jami 61,2 mlrd. so‘m kredit ajratildi.  

Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 316 nafar fuqaroga 6,9 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.  

Jami 546 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan 120 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 76 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi, 350 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.  

“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 270 nafar xotin-qizga 132,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 87 nafar yoshlarga 203,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.  

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 28 nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy ko‘mak berildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan 35 379 ta murojaatdan joyida 814 ta murojaat ijobiy hal etildi.  

Ana shunday amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham davom etmoqda. Jumladan, viloyatning 5,95 km. ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish va shag‘allashtirish ishlari bajarildi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 5 km. yangi elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvi borasida hududda 4,8 km. yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.  

Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Yangiyo‘l shahri “Oltinobod” mahallasi "Ma’rifat" ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarini, fasad qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Piskent tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 265 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 23 nafar bemor tuman va respublika muassasalarida davolanishga muhtoj, deb topilib, davolanish va diagnostika uchun bepul yo‘llanmalari berildi.  

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 848 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 33,7 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi. Shundan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 178 nafarga 4,3 mlrd. so‘m, sanoat sohasi yo‘nalishida 2 nafarga 2,4 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga 16 nafarga 2,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Ishlar davom etmoqda.  

03.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar