Prezidentimiz joriy yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirib, aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash uchun mamlakatimizning janubdagi darvozasida yirik hajmdagi bunyodkorlik – obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Buning uchun shahardagi 37 mahallaning har biriga ikki milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan.
Qadimiy shaharda yuz berayotgan bu o‘zgarishlar yoshu-keksaga bir olam quvonch ulashib, ularning faxr tuyg‘usini yuksaltirmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil islohotlarga ishonch hissini mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.
–Yaqin yillarda ham viloyat markazidagi mahallalar ko‘chalari yozda chang, qishda loy bo‘lib qolar edi, – deydi Temir yo‘lchi mahallasida yashaydigan mehnat faxriysi Hamid Toshpo‘latov. – Mana, bo‘lar ekan-u, o‘nqir-cho‘nqir ichki ko‘chalarimizga beton qoplama yotqizilib, ravon yo‘laklar bunyod etildi. Esimni taniganimdan buyon tunda yursangiz toshga surinadigan ko‘chalarimiz o‘rnida tep-tekis yo‘l qurildi. Endi yozda ham, qishda ham bu ko‘chalarda bemalol harakatlanish mumkin. Bunday sharoitlardan biz ham, farzandlarimiz, navaralarimiz ham beixtiyor quvonmoqda. Bir yo‘la turar-joy binolari ham ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. Zamonaviy infratuzilma yaratilayotir. Axir, bunday e’tibordan suyunmay bo‘ladimi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda shahardagi Ma’rifat, Majnuntol, Shodlik, Shifokor, Bog‘ishamol, Turon, Eski shahar, Abdurahmon Jomiy, Mehrobod, Surxon sohili, Tuproqqo‘rg‘on kabi mahallalarda bajarilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini yakunlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Ko‘p qavatli uylar tubdan ta’mirlanib, atrofi tartibga keltirilayotir. Bo‘sh maydonlarda yashil hududlar yaratilyapti. Ichki yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda. Mavjud bolalar maydonchalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, yangilari qurilmoqda.
Bog‘zor – Termiz shahar markazidagi yirik mahallalardan biri. 1 ming 413 xonadonda 6 ming 480 ga yaqin aholi yashaydi. 30 ko‘p qavatli va 667 yakka tartibdagi uy-joy mavjud. Oltita maktabgacha ta’lim tashkiloti, bitta davlat va bitta xususiy shifoxona bor.
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘ evaziga ta’mirtalab 15 ko‘p qavatli uyda yirik hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Turar joy binolarining tashqi fasad qismi va pod’ezdlar ichkarisi ta’mirlandi. Uchta ko‘p qavatli uyning tom qismi yangilandi. Tashlandiq ahvolga kelib qolgan chiqindixona o‘rnida yangi zamonaviy ko‘rinishdagi chiqindilarni qabul qilish maskani qad rostladi. Ikkita Warkaut maydonchasi barpo etilib, mavjud bolalar o‘yingohlarida jajji bolajonlar uchun barcha sharoit yaratildi.
Infratuzilmasi yangilangan mahallada shuningdek, uchta ko‘p qavatli uy oldida beton qoplamali avtomobillar turargohi qurildi. Tashlandiq bo‘lib turgan yer maydonida aholi hordiq chiqarib, sayr qiladigan yangicha dizayndagi aliya bunyod etilib, yashil makonga aylantirildi. 200 ga yaqin turli daraxt ekildi. Mahalla hududida 550 metrdan ortiq piyodalar va avtomobil yo‘liga beton qoplama yotqizildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun 1 ming 276 metr masofaga suv quvurlari tortildi.
– Qisqa vaqtda amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish yumushlari mahallamiz qiyofasiga yangi ko‘rinish bag‘ishladi, – deydi “Bog‘zor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Akmaljon Pardayev. – Chorak asrdan buyon ta’mirlanmagan ko‘p qavatli uylar va atrofida aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratilib, turar–joy binolari yangi ko‘rinishda bo‘y ko‘rsatdi. Xalqimiz infratuzilmasi yangilangan mahallamizni foydalanishga topshirish marosimini ham bayramona ruhda o‘tkazdi. Ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan yoshu-qari birdek behad mamnun ekanini namoyon etdi. Bunday bunyodkorlik yumushlaridan bir olam quvonchga to‘lgan nuroniylarimiz yurt tinchligi va xalqimiz farovonligini so‘rab, duoga qo‘l ochdi. Bu ishlarning barchasi aholining munosib turmush kechirishi va hayotidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilayotgani ahamiyatlidir.
Termiz shahridagi mahallalarda aholining yanada obod, farovon yashashi uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |