Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzillari Navoiy va Farg‘ona viloyatlari bo‘ldi.
Ishchi guruh tomonidan ushbu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish va “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Murojaatlar asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Navoiy viloyatining og‘ir hududlari qatoriga kiritilgan aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 9,9 km. ichki yo‘l ta’mirlandi. Shundan, 5,7 km. yo‘l shag‘allashtirildi, 4,2 km. yo‘lga asfalt yotqizildi. Elektr ta’minotida 109 ta temir beton tayanchlar, 6 ta transformator o‘rnatildi, 3,3 km. tarmoq yangidan tortildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 6,5 km. tarmoq tortildi, 1 ta suv inshootini ta’mirlash, 1 ta suv yig‘ish rezervuarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Viloyatdagi 38 ta ko‘p qavatli uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 24 ta uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 12 ta uyga temir eshiklar o‘rnatildi, 8 ta uyning tom qismini, 8 ta uyning fasad qismini ta’mirlash hamda ushbu uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Zarafshon shahri “Bahor” mahallasidagi hudud obodonlashtirildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 579 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 44,1 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 270 nafar fuqaroga 6,1 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
O‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 131,5 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 22 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 41,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 184 nafar xotin-qizlarga 605 mln. so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Shundan 124 nafar fuqaroga 82 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam mablag‘lari ajratildi, 60 nafar fuqaroga uy-joy qurilishi uchun 523 mln. so‘mlik ko‘mak berildi.
Shu kabi amaliy ishlar Farg‘ona viloyatida ham olib borildi. Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 9,15 km. ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish va shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Aholiga qo‘shimcha 590 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 174 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 2,1 km. elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. 1 km.dan ortiq ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Farg‘ona tumani “Vodil” mahallasida oqova suv quvurlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi. Bag‘dod tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 530 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 375 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlandi. 71 nafar bemor tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, ularga davolanish va diagnostika uchun yo‘llanma berildi.
Kredit, subsidiya, bandlik masalasida tijorat banklari tomonidan 1 193 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 71,7 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi. Shundan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 437 taga 6 717,0 mln. so‘m, sanoat sohasi yo‘nalishida 6 taga 1 998,0 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga 38 taga 26 080,0 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Qo‘qon shahrida oila va xotin-qizlar yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi: xususan, shahardagi boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor hamda qaramog‘ida nogironligi bor farzandi bo‘lgan toifalardagi jami 331 nafar xotin-qizga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 436,9 mln. so‘mlik moddiy yordamlar berildi.
Shuningdek, Dang‘ara tumanidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 60 nafar ishsiz xotin-qizga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari olib berildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Dang‘ara tumanidan 60 nafar ishsiz fuqoroga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan o‘zini band qilish maqsadida 294,0 mln. so‘mlik subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |