Аyni kunlarda butun mamlakatimiz boʼylab Respublika ishchi guruhi boshchiligida «Obod mahalla - obod koʼcha - obod xonadon» dasturi doirasidagi kengqamrovli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmokda.
Bevosita ushbu jarayonga Prezident maslahatchisi oʼrinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar samaradorligi esa Fargʼona viloyatining olis Soʼx tumanida ham bugun mazkur hudud aholisini mamnun etmoqda. Xususan, Respublika ishchi guruhi masʼullari ishtirokida tumanning 15 ta obʼektlarda qurilish-montaj ishlari bajarildi va 8 ta obʼektlar foydalanishga topshirildi.
Jumladan, ichki yoʼllar qurish va taʼmirlash boʼyicha rejadagi 11 ta obʼektdan 45 km asfalьtlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi, qolgan 2 ta obektlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʼyicha 1 ta obʼekt, “Guliston” MFY hududiga yangi 6.6 km tarmoq tortish, 2 dona transformator va 221 dona temirbeton tayanchlarni oʼrnatish ishlari bajarilib, yakuniga yetkazildi.
Sugʼorish suv taʼminotini yaxshilash boʼyicha 1 obʼekt, “Qizilqiyoq” MFY hududiga sugʼorish suv tarmoqlarni tortish obʼektida qurilish-montaj ishlari bajarilib, tarmoq tortish ishlari yakunlandi va yangi nasos urnatilib foydalanishga topshirish arafasida.
Аholi murojaatidan kelib chiqib, ijtimoiy ahvoli ogʼir boʼlgan Toʼxtanazarov Ravshan va Tuxtasinov Rahmatjonlarning uy-joylari taʼmirlanib, oʼz egalariga foydalanish uchun topshirildi.
Shu bilan birga aholi vakillarini ish bilan taʼminlash, bandlik masalalariga yechim topishdek ishlar amalga oshirilmokdaki, adirliklarda ming – ming gektarlab yerlarning oʼzlashtirilishi, ularga suv chiqarilib, ekin maydonlari barpo etilishi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari borasidagi eng yirik loyihalarga aylanmokda.
Xususan, Kalcha kishlogʼi yaqinidagi Javpaya adirliklarida ming gektar, Demirsad qishlogʼi yaqinidagi Qayroq massivida yana 1,5 ming ga yer maydonlari oʼzlashtirilishi, ularda oʼrikzor hamda malinazor plantatsiyalar yaratilishi buning isboti, albatta.
Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari, aholi oʼramlaridagi hokim yordamchilari va yoshlar faollari oʼrganishlari asosida bu yer maydonlari endilikda ijtimoiy koʼmakka muhtoj aholi qatlamlariga 50 sotixgacha ajratib berilmoqda. Yoz pallasi nihoyalar ekan, yer egalari ulardan oʼzlarining dastlabki xosillarini ham olmoqdalar.
Darhaqiqat, bugun Soʼxda ham barcha mahallalar obod goʼshalarga, koʼrkam maskanlarga aylanmoqdaki, natijada obod va namunali xonadon, koʼchalar, mahallalar soni ortib bormokda. Pirovardida yurtdoshlarimizning ertangi kunga boʼlgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka bulgan intilishi kuchaymoqda. Obodlik bor joyda esa hamisha fayzu – baraka, tarakkiyot balq uraveradi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |