Davlatimiz rahbari tashabbusiga asosan mamlakatimizning 14 ta hududida tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday manzillar qatori Toshkent shahri Bektemir tumani “Gulbogʻ” mahallasida ham Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari, aʼzolari, mahalladagi “beshlik”dan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan xonadonbay yurib, aholi muammolarini oʻrganish va hal etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kelib tushgan murojaatlar asosida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 12,8 km ichimlik suvi quvurlari tortildi, natijada 554 ta xonadon ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlanadi.
Mahalladagi ichki yoʻllar holatini yaxshilash maqsadida bir kilometr yoʻllar asfalt qilindi. Mahalladagi 3,9 km gaz quvurlari yangilanib, 4 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi.
Elektr taʼminoti boʻyicha 17 ta eskirgan simyogʻochlar demontaj qilindi va 36 ta yangi oʻrnatildi, 1 ta transformator punkti taʼmirlandi.
Shuningdek, “Gulbogʻ” mahallasining Obod, Turkiston, Nafosat, Ziyonur koʻchalarida sayilgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish loyihalari ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, fuqarolarning sogʻliqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni taʼmirlash va boshqa masalalar boʻyicha muammolari aniqlanib, hal etish choralari koʻrilmoqda.
Uyma-uy oʻrganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanish uchun bepul yoʻllanma berildi, 144 nafariga zarur dori-darmon, nogironlik aravachasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga turli yordamlar koʻrsatildi.
Mahallada aholi bandligini taʼminlash va oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 22 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilindi hamda 9 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun subsidiya asosida maishiy texnika olib berildi.
Ogʻir turmush sharoitida yashovchi 48 nafar fuqarolarning xonadonlarida taʼmirlash ishlari belgilanib, hozirda 24 ta xonadonda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |