Respublika ishchi guruhining joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʼrganish hamda «Obod xonadon», «Obod koʼcha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot oʼtkazish va muammolarni bartaraf boʼyicha faoliyati Buxoro viloyatida davom ettmoqda.
Xususan, Prezident maslahatchisi oʼrinbosari boshchiligida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etilib, har bir guruhga Prezident Аdministratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Hududda aholi uchun dolzarb boʼlib turgan muammolarni hal etish boʼyicha qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, yoʼl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida, jami 12,6 km ichki yoʼllarga asfalьt, beton qoplamasi yotqizish hamda shagʼallashtirish ishlari bajarildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash uchun 101 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatish hamda 1,5 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash uchun yangidan 1 600 metr ichimlik suvi tarmogʼi tortildi.
Аholi sogʼligʼini saqlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʼldi. Shofirkon tumani maqsadli tibbiy koʼrik tashkil etilib, koʼrik davomida 343 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Shundan, tibbiy koʼrik jarayonida 305 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi, 46 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun bepul yoʼllanmalar berildi.
Аholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik masalalarini hal etish maqsadida tijorat banklari tomonidan 719 nafar fuqaro va tadbirkorlik subʼektlariga 68 107,8 mln. soʼm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishida 191 ta, xizmat koʼrsatish sohasiga 6 ta, qishloq xoʼjaligi sohasini rivojlantirish yoʼnalishida 10 ta, sanoatni rivojlantirish yoʼnalishida 2 ta fuqaroga kredit mablagʼlari ajratildi.
Shuningdek, 5 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida ularning tikuvchilik kasbini egallaganligini inobatga olib, “Аyollar daftari” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 23,5 mln. soʼmga tikuv mashinalari olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʼqotgan hamda nogironligi boʼlgan 91 nafar xotin-qizlarga “Аyollar daftari” jamgʼarmasi hisobidan jami 120,1 mln. soʼm moddiy yordam pullari olib berildi, 3 nafar fuqaroga jami 19,2 mln. soʼm miqdorida subsidiya mablagʼlari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun press asbob-uskunasi va umumiy ovqatlanish faoliyati uchun zarur boʼlgan gaz plitalari topshirildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |