2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uchtepaliklarning murojaatlari tinglandi

Joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish va hal etish, saylovchilarning murojaatlarini tinglash va ularga yechim topish xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari har oyda o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qiladi, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratadi. Ayni kunlarda ham quyi palata deputatlari hududlarda bo‘lib, o‘rganishlar olib bormoqda.  

Deputat Durbek Ahmedov Uchtepa tumanidagi o‘rganishlari davomida ijtimoiy soha tashkilotlarida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini, qurilish-rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, 283 va 74-umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan tanishdi.  

Shuningdek, deputat xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi a’zolari bilan uchrashdi. 

Muloqot chog‘ida mustaqillikning o‘tgan 32 yili davomida mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilgani, mahallalarimiz qiyofasi tubdan o‘zgargani, ayniqsa, oxirgi yetti yilda katta o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y bergani qayd etildi.  

Deputatning qator mahallalarda saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida hudud aholisini qiynab kelayotgan turli masalalarga e’tibor qaratildi, muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, ko‘plab murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.  

27.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar