Xalq qabulxonalariga kelayotgan aholi murojaatlari hamda uyma-uy yurish natijalarida aniqlangan muammolarga yechim topish, hududlarda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Sirdaryo viloyatida davom ettirdi.
Respublika ishchi guruhiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan o‘tgan 3 kun davomida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 6,29 km ichki yo‘llarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 46 dona temir-beton tayanchlar, 1 dona transformator o‘rnatish hamda 4 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 1 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortildi.
Sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, Xovos tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 875 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 357 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 54 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yo‘llanma berildi. Uy sharoitida davolanishga muhtoj 224 nafar bemorlarga bepul dori darmonlar berildi.
Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 829 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 34,4 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Oqoltin tumanida oila va xotin-qizlar yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, tumandagi ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan 6 nafar xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mikroto‘lqinli pechlari olib berildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 10 kishiga subsidiya mablag‘lari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari, press asbob-uskunasi hamda qandolatchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan muzlatgich, elektr pech, mikser va blender texnikasi topshirildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |