2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod bo‘layotgan “Gulbog‘” mahallasi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirdi.

Navbatdagi manzil poytaxtning Bektemir tumani “Gulbogʼ” mahallasi boʼldi. Prezident Аdministratsiyasi, Xalq qabulxonasi, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari xonadonbay yurib, aholi muammolarini oʼrganish va hal etish ishlarini amalga oshirdi.

Ishchi guruhlar tomonidan “Gulbogʼ” mahallasidagi 554 ta xonadonlar uyma-uy yurib oʼrganildi, natijada 128 ta xonadonda yashovchi 197 nafar fuqarolarning murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, sogʼliqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni taʼmirlash va boshqa masalalar boʼyicha muammolari hal etildi.

Jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1,7 km ichki yoʼllar asfalьt qilindi. Elektr taʼminoti boʼyicha 88 ta yangi temir-beton ustunlari oʼrnatildi, 2 ta transformator punkti taʼmirlandi va 1 ta transformator punkti yangi oʼrnatildi, 3 km SIP kabellar tortildi. Gaz taʼminoti yaxshilash uchun 4 800 pogona metr gaz quvurlari va tirgaklari taʼmirlandi, 4 ta yuqori bosimli, 7 ta oʼrta bosimli gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 12,9 km quvurlar tortish ishlari yakunlanmoqda, natijada 532 dan ortiq xonadon ichimlik suvi bilan toʼliq taʼminlanadi.

Bundan tashqari aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida mahalladagi 420 ta xonadonning tashqi fasadlarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shundan bugungi kunda 210 ta xonadonning devori suvoq qilindi, boʼyaldi. Mahallaning kirish qismiga mahalla nomini bildiruvchi belgi ustuni oʼrnatish, mahallada sayilgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish ishlari davom etmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʼllab-quvvatlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʼldi. Xususan, uyma-uy oʼrganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanish uchun bepul yoʼllanma berildi, 347 nafariga zarur dori-darmon toʼplamlari berildi.

“Temir daftar” roʼyxatiga kiritilgan 4 ta oilaga jami 17,0 mln.soʼm miqdorida moddiy yordam koʼrsatildi. “Аyollar daftari” roʼyxatiga kiritilgan 74 nafar xotin-qizlarga jami 97,7 mln.soʼm miqdorida moddiy yordam berildi. “Yoshlar daftari” mezoni talablari asosida 8 nafar yoshlar roʼyxatga olindi hamda 3 nafar yoshga kontrakt toʼlovi va 1 nafariga moddiy yordam uchun jami 45,4 mln.soʼm toʼlanib daftardan chiqarildi.

“Gulbogʼ” MFYda “Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla” tadbiri doirasida jami 74 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Jumladan, 19 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 17 nafar fuqaro oʼzini-oʼzi band qilindi hamda 15 nafar fuqaro kasb-hunarga oʼqitishga yoʼnaltirildi, 23 nafar fuqarolar haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Mahalladagi oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 8 nafar fuqaroga 66,0 mln.soʼm miqdorida subsidiya asosida maishiy texnika vositalari olib berildi hamda 7 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun 129,0 mln.soʼm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Respublika ishchi guruhining “Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla” mezonlarini joylarda tadbiq etish boʼyicha ishlar davom etmoqda.

11.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar