2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ehtiyojmand oilalarga uy-joylar topshirildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning yaxshi sharoitda yashashi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida sharoiti og‘ir oilalar va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ovul va mahallalar infratuzilmasini  rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Beruniy tumanida o‘tkazilgan xatlov jarayonida 1 ming 189 ta uyning tom qismini ta’mirlash zarurligi, 18 ta yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy aniqlandi. Yil boshidan buyon yaroqsiz va avariya holatidagi barcha uylar qurib bitkazilib, o‘z egalariga topshirildi.

Tumandagi Qizilqal’a ovulida yashovchi Gulzira Abdullayeva,  Guliston mahallasida yashovchi Chinora Yusupova oilalari yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tdi. Mustaqillik bayrami quvonchlari hovli to‘ylariga ulashib ketdi.

Tuman sektorlari rahbarlari mazkur xonadonlarda bo‘lib, mamlakatimiz   mustaqilligining   32 yilligi bayrami hamda yangi uy-joylar bilan qutladi.  Davlatimizda amalga oshirilayotgan har bir ijobiy ishlar aholining baxtli hayot kechirishiga, farovon umrguzaronlik qilishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. O‘z navbatida yangi uylar egalari ehtiyojmand oilalarga alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.

10.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar