2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari amalda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joriy yilning iyul-avgust oylari mobaynida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, viloyat va tuman hokimliklari hamkorligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

Ilk bosqichda har bir hududdan 1 tadan, jami 14 ta mahallada keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlar olib borildi.

Jumladan, jami 5 113 ta xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, mavjud muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi. Bunda 711 ta kam ta’minlangan, ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlarida mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda joriy va kapital ta’mir ishlari olib borildi.

Shuningdek, jami 178 ta ko‘chada “Obod ko‘cha” mezonini joriy etish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 35,3 km yo‘llar asfaltlandi, 89 km shag‘al yotqizildi, 82,2 km lotok, ariq, kanal, kollektor-zovurlar tozalandi, 3,9 km ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlandi, 82,2 km yangisi yotqizildi, 5 ta suv inshooti o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 43 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 4 tasi o‘rnatildi, 42,5 km gaz quvuri ta’mirlandi, 1,2 km yangidan tortildi, 64 ta transformator ta’mirlandi, 12 ta yangisi o‘rnatildi, 1 885 dona simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 29,1 km elektr simlar tortildi.

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 771 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi, 477 nafar shaxsning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi, 199 nafar fuqaroga 1 mlrd. 285 mln. so‘m miqdorida subsidiya, 184 nafar fuqaroga 3 mlrd. 704 mln. so‘m miqdorda kredit olinishiga ko‘maklashildi.

Shuningdek, 28 698 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularning 296 nafarini davolash ta’minlandi, 53 nafarining jarrohlik amaliyoti bepul o‘tkazildi.

Xizmat binosiga ega bo‘lgan mahallalardan 2 tasining idorasi kapital ta’mirlandi, 3 tasini qaytadan qurish va binosi bo‘lmagan 9 ta mahallaga yer maydoni ajratilib, idorani qurish ishlari tashkillashtirildi. Shuningdek, mahallalar hududida joylashgan jami 58 ta ijtimoiy soha ob’yektlari xatlovdan o‘tkazilib, ularda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Davlatimiz rahbarining “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish haqidagi topshirig‘i ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash maqsadida ikkinchi bosqichda joriy yilning IV choragida joylarda 56 ta mahallada namunaviy “Yo‘l xaritasi”da asosida ishlar belgilab olindi.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”da mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlari holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash kabi sohalarda amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

15.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar