Aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini toza ichimlik hamda issiq suv bilan ta’minlash, oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 74,4 foizga, oqova suv chiqarish xizmati 18,9 foizga yetkazildi. Ammo shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan masala va muammolar ham bor.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan eshituvda aytib o‘tildi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining aholini ichimlik suvi va issiq suv bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Qo‘mita raisi Nodir Jumayev o‘z kirish so‘zida sohaga oid munosabatlarni tartibga solishda “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani, unda qator tartiblar belgilab qo‘yilganini ta’kidladi.
Shuningdek, deputat joylardagi o‘rganishlari davomida ko‘pgina ob’ektlar, hatto maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham kuz-qish mavsumiga hamon tayyor emasligi, bu borada umuman ishlar qilinmaganini qayd etdi. Aholini ichimlik suvi bilan, issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi ishlarni vazirlik qat’iy nazoratga olishi, mavjud muammolarni hal etishi zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, eshituvda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi:
— Sohada olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida 6,9 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortildi. 809 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Xalqaro moliya institutlarining 185,5 million dollar mablag‘i hisobidan 243 km ichimlik, 83,8 km oqova suv tarmoqlari tortilgan. Bundan tashqari, 1 ta suv tozalash, 14 ta suv taqsimlash inshooti, 1 ta suv minorasi, 13 ta suv qudug‘i va 18 ta suv rezervuari, 3 ta oqova suv tozalash inshooti hamda 2 ta oqova suv nasos stansiyasi qurildi. Mamlakatimizdagi mavjud 40 ming 786 ta ko‘p kvartirali uylarning 23 ming 820 tasi markazlashgan va individual (ikki konturli) issiqlik tizimi orqali, 16 ming 966 tasi alternativ usulda, ya’ni qo‘lbola pechlar, golland pechlari, issiq suv kolonkalari, elektr isitkichlar yordamida isitilmoqda.
Respublikadagi mavjud 578 ta qozonxonadan 492 tasi faoliyat yuritmoqda. Ular yiliga 1,5 milliard metr kub tabiiy gaz, 800 million kVt elektr energiyasi sarflamoqda. Bugungi kunda Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Jahon bankining 140 million dollar kredit mablag‘lari hisobidan 4 ta qozonxona, 94 km issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 1 ming 296 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish, shuningdek, mazkur loyihalar hududidagi 1 ming 32 ta ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tizimini tiklash ishlari qilinadi, — dedi vazir o‘rinbosari.
Yig‘ilishda deputatlar issiqlik tizimidagi hamda xonadonlarni toza ichimlik suvi va issiq suv bilan ta’minlash borasidagi mavjud muammolarga e’tibor qaratdi.
— Ko‘pincha aholi tomonidan suvning vaqtincha uzib qo‘yilishi, issiqlik tizimlaridagi muammolar bo‘yicha murojaatlar keladi, — deydi qo‘mita a’zosi Aqshagul Tulegenova. — Haqiqatan ham o‘rganishlarimiz davomida aholi xonadonlarining suvdan uzib qo‘yilishi yoki oqova suv tizimlaridagi avariya holatlariga guvoh bo‘lamiz. Ko‘p hollarda buning asosiy sababi quvurlarning yillar davomida ishlab eskirgani, foydalanishga yaroqsiz holga kelganidir. Albatta, bu muammolarni birdan hal qilish mushkul, asta-sekin bartaraf etilmoqda.
Eshituv davomida qo‘mita a’zolari ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |