Tegishli dasturga muvofiq Xovos tumanidagi Oqchangal, Guliston tumanidagi Inoqlik, Sayxunobod tumanidagi Yangi hayot hamda Oqoltin tumanidagi Mustaqillik mahallalari og‘ir hudud sifatida belgilab olingan.
Ushbu hududlar aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bordi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar qilindi. Jumladan, mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida 19 kilometrdan ziyod ichki yo‘llarga asfalt yotqiziladi. Ayni vaqtgacha 345 ta eski yog‘och elektr ustunlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 7 kilometrga yaqin yangi elektr sim tarmoqlari tortildi, 7 dona yangi transformator o‘rnatildi.
Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 kilometr gaz tarmog‘i qurilib, 900 metr quvurlar joriy ta’mirlandi. Fuqarolar murojaati asosida hududlarga 600 ga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Obod ko‘cha mezoni bo‘yicha bugungi kunda ushbu mahallalardagi 31 ta ko‘chada obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Buning uchun 550 nafar ishchi va 75 ta texnika jalb etildi. Hududlardagi barcha qabristonlarda ham obodonlashtirish, mavjud daraxtlarga shakl berib, devorlarni oqlash ishlari olib borilmoqda. Og‘ir sharoitda yashayotgan 22 oila xonadoni to‘liq ta’mirlanib, hovlisi obodonlashtirilib berildi.
Bundan tashqari, qish mavsumi oldidan mingdan ziyod xonadonda texnika xavfsizligi talablariga amal qilinishi, isitish pechkalari (ko‘mir, o‘tin va suyultirilgan gazga moslashtirilgan pech va plitalar)ni mavsumga tayyorgarlik holati to‘liq o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida 2 ming nafarga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanishga ehtiyoji bor 69 nafar fuqaroga davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi.
Oqoltin tumani Mustaqillik mahallasidagi 16 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklari ta’mirlanib, 8 tasini tom qismi almashtirilmoqda. Shuningdek, mazkur ko‘p qavatli uylar olida 5 ta yangi bolalar maydonchasi va 1 ta "Workout" maydonchasi qurib beriladi.
Xovos tumani Oqchangal va Guliston tumani Inoqlik mahallalari uchun yangi bino qurilib, qolgan 2 ta mahalla binosi rekonstruksiya qilinadi.
Oqchangal, Inoqlik, Yangi hayot va Mustaqillik mahallalaridagi 6 ta maktab, 3 oilaviy poliklinika joriy ta’mirlanadi. Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |