Ayni kunlarda Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Ko‘liodina” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida tubdan yangilanmoqda.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qayta ta’mirlanib, aholi turmushini yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Yig‘indagi Ko‘liodina, Eshonlar, Niyozxo‘ja, Mahsumlar, Aravasozlar, Sho‘robod va Yo‘lbo‘ldi qishloqlarida jami 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.
Ko‘liodina mahallasida aholi talab va murojaatlaridan kelib chiqqan holda loyihalashtirilgan, har tomonlama shinam va qulay 12-sonli bolalar bog‘chasi va 22-sonli umumta’lim maktabi qurilishi yakuniga yetkazildi.
Umumiy qiymati 4 milliard 229 million so‘mga moliyalashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirilgan. Unga ko‘ra, shu yil may oyidan pudratchi korxona, tajribali quruvchi Anvar Soliyev boshchiligidagi “Botirov Asadbek family qurilish” MCHJ ning serg‘ayrat quruvchilari yangi bolalar binosini bunyod etdi.
12-son maktabgacha ta’lim tashkiloti malakali pedagoglardan iborat bo‘lib, yuzdan oshiq jajji o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olmoqda. Bundagi shart-sharoit – bolalarning mashg‘ulot va o‘yin maydonchalari, ovqatlanish, yuvinish, dam olish xonalari, qolaversa, sanitariya tarmog‘i yuqori talablarga mos bo‘lib, ertamiz egalarining erta savod chiqarishi, jismonan va ruhan chiniqishiga xizmat qiladi.
Foydalanishga topshirilgan 22-son umumta’lim maktabida 420 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda. Aytish joizki, zamonaviy talabga mos mukammal ta’mirdan chiqarilgan mazkur maktab shinam va sifatli mebellar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuterlar, zarur adabiyotlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan. Ikki qavatli ta’lim dargohi 24 ta sinf xonasi, shu jumladan, 15 ta fan xonasi, 6 ta boshlang‘ich sinf xonasi va 4 ta chet tili sinf xonasi, to‘liq jihozlangan kompyuter xonasi, kimyo, biologiya fanlari kabinetlari, shuningdek, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida jihozlangan texnologiya xonalar hamda kutubxonaga ega.
Umumta’lim maktabining mukammal ta’mirlash-tiklash ishlari “Kapital-sifat qurilish fayz” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan. Qurilish ishlariga davlat byudjeti hisobidan 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu dargohning oldingi o‘quvchi sig‘imi 317 nafar edi. Endilikda esa yangi qurilish va tiklashdan so‘ng bu ko‘rsatkich 340 nafarga yetkazilgan.
Zamonaviy inshootlarning tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari va ota-onalar hozir bo‘ldi.
Shu kuni bolalar bog‘chasida hududda istiqomat qilayotgan ijtimoiy muhofazaga olingan oilalar 5 nafar farzandining sunnat to‘yi ham o‘tkazildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |