2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
OGʼIR HUDUDLАR OBOD BOʼLMOQDА

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan chekka va olis hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush darajasini koʼtarishga qaratilgan “Obod koʼcha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Аna shunday manzillardan biri Xorazm viloyatidir. Dastur boʼyicha viloyatning toʼrt hududida - Bogʼot tumani    “Sahovat” MFYda, Yangibozor tumani “Katli” MFYda, Xonqa tumani “Durgadik” MFYda hamda Xiva tumani “Istiqlol” MFYda keng koʼlamli bunyodkorlik ishlar olib borilmoqda.
Аholini oʼylantirib kelayotgan muammolarga oʼz vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi Gʼofurjon Mirzaev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʼrganishlar olib bormoqda.
Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. 
Jumladan, tanlangan hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yangi maxalla binolari, atrofida mini sport maydonchalar, tikuvchilik sexlari, bank xizmatlari markazlari, sartaroshxona va goʼzallik salonlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallardagi maktab va bogʼchalar joriy va kapital taʼmirlandi. 
Bundan tashqari 22 kilometrga yaqin ichki tuproq yoʼllar shagʼallashtirildi, 6 kilometrdan ziyod tabiiy gaz quvurlari kapital taʼmirdan chiqarildi, 5 kilometrga yaqin yangi suv quvurlari oʼtkazildi. Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 9 ta yangi transformator oʼrnatildi, 12 kilometr SIP kabellar tortildi hamda 200 dan ziyod yangi beton tayanch ustunlar oʼrnatildi, 300 ga yaqini joriy taʼmirdan oʼtkazildi. 
 Hududlarni tartibga keltirish maqsadida, 36 km ariqlarva zovur tarmoqlari tozalanib, ishchi faoliyatga keltirildi, mahalla qabristonlari obodonlashtirildi. 
Kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muxtoj 584 ta oilalar xonadonlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari ketmoqda, tomorqalari tartibga keltirilmoqda. 
Аholi sogʼligʼini muhofaza qilish maqsadida 6,3 mingga yaqin fuqaro tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Natijada, 84 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishga order ajratildi, 49 nafar fuqaroga tuman tibbiyot markaziga yoʼllanma berildi, 723 fuqaroga esa bepul dori-darmonlar yetkazildi.
Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini taʼminlash maqsadida tikuvchilik va xizmat koʼrsatish yoʼnalishida 39 nafar fuqaroga 366 mln soʼmlik subsidiya, 118 nafar fuqaroga 2,3 mlrd soʼmlik imtiyozli kredit mablagʼlari ajratib berildi. Shu bilan birga 112 nafar fuqaro kasb-hunarga oʼqishga yoʼnaltirildi hamda 73 nafari haq toʼlanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi. Ijtimoiy ogʼir axvoldagi 89 ta oilaga 36,1ga yer madoni ekin ekish uchun tarqatildi. 
Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarining qish mavsumiga tayyorgarligini ham oʼrgandi. FVB tomonidan yongʼin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish boʼyicha profilaktik tadbirlar oʼtkazildi. Xususan, mingga yaqin xonadon moʼrilari tozalandi, oʼndan ziyod ijtimoiy obʼektlar yongʼin xavfsizligi boʼyicha oʼrganib chiqilib, koʼmir saqlash omborlari tartibga keltirildi. 
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

29.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar