Qadrli vatandoshlar! Muhtaram do‘stlar!
Mana shu hayajonli, fayzli damlarda jonajon O‘zbekistonimizga 2019 yil kirib kelmoqda.
Siz, azizlarni, ko‘p millatli xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Barchangizga ulug‘ boylik bo‘lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.
Aziz yurtdoshlar!
2018 yilda barcha sohalarda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga katta o‘zgarishlarni amalga oshirdik.
Zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yo‘llar, ko‘priklar qurildi. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi.
Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlik yanada kuchaymoqda.
O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi.
Buning natijasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa o‘z misolida ko‘rmoqda. Eng muhimi, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi ortmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan yil bo‘ldi.
Shu bois eski yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.
Hurmatli do‘stlar!
Biz 2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb nom berdik.
Faol investitsiyalar taraqqiyot uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi.
Ijtimoiy rivojlanish esa xalqimiz turmush darajasi va sifatini keskin oshirishga xizmat qiladi.
Biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xalq bilan muloqotni yuqori bosqichga olib chiqamiz.
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash ishlarini davom ettiramiz.
Diyorimizni yanada obod va ko‘rkam qilish asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.
Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz.
Muhtaram faxriylar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimo diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Ushbu fayzli oqshomda barcha davlat va xalqlarga, xorijiy do‘stlarimiz, hamkorlarimizga ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Azizlarim, qadrdonlarim!
Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin!
Farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik!
Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
2019 yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |