Jamiyatdagi turli masala va muammolarga ikki tomon – mutasaddilar va hudud aholisining birdek yondashuvi yaxshi samara bermoqda. Ya’ni har qanday masalani aytishga bir qadam tashlagan fuqaro tomon mas’ul mutasaddilar ham uning muammosini hal etish uchun o‘z qadamini qo‘ymoqda.
Xususan, Namangan misolida oladigan bo‘lsak, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari mas’ullari boshchiligida Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chust tumanlarida viloyat aholisi uchun cud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari tomonidan aholi masalalari tinglanib, ularga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlar natijasida 24 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilingan, 16 nafar mahkumning jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlari tayyorlanib, tegishliligi bo‘yicha sudlarga taqdimnoma kiritilgan.
Sayyor sud qarori bilan 3 nafar shaxs ishga tiklanib, ish haqi undirish yuzasidan da’vo arizalari qanoatlantirilgan va 33 mln. so‘m undirilab, 100 mln. so‘m moddiy zarar to‘liq qoplab berilgan.
Asossiz bo‘shatilgan o‘qituvchi...
Misol uchun, K.Ergashev Pop tumanidagi 37-sonli maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. O‘qituvchi o‘z lavozimidan asossiz ravishda bo‘shatilganligini ma’lum qilgan. Murojaatchi shu kunning o‘zida eski ish joyiga qaytadan tiklandi. Bundan tashqari, 13 nafar shaxsning aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.
Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 2 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan qilgan murojaati qayta o‘rganib chiqishlik uchun Namangan viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga topshirilgan.
Shu bilan birga, fuqarolarga zarurat tufayli xorijga chiqish pasportlari muddatidan avval tayyorlab berilishi yoki yangi biometrik pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnomalar olib berilishi ta’minlandi.
Ortiqcha to‘langan mablag‘...
Uychilik I.Haydarov Rossiya Federatsiyasida dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini ololmayotganini ma’lum qilgan. Uning murojaati mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, shu kunning o‘zida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Soliq qo‘mitasi vakillariga “Maftuna Ziyonatxon” MCHJ hisobchisi D.Vahobova korxona qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘langan ortiqcha 200 million so‘m to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan. Fuqaroning murojaati joyida hal etilib, ortiqcha to‘langan mablag‘lar qaytarilishi ta’minlandi.
Aholi murojaatlar asosida esa joylarda 3 kilometr ichki ko‘chaga shag‘al yotqizildi va yangi transformator o‘rnatildi. Uch kun davom etgan qabullarda jami 505 nafar fuqaroning 509 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 208 tasi, ya’ni 40 foizi joyida hal etilgan bo‘lsa, 97 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat berildi, 204 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |