2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo‘yida kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi

Nukus shahridagi “Telemarkaz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz obodligiga hissa qo‘shishni niyat qilgan nuroniylar, senatorlar, deputatlar, xotin-qizlar faollari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.  

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev  so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda yashil hududlarni kengaytirish va ekologik holatni yaxshilashga e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi.  

Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”degan hikmat bor.  Shunday ekan, dunyoga kelgan farzandga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘-rog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarni davom ettirgan holda  har bir xonadon tomonidan ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusi Orolbo‘yi fuqarolar yig‘inlari faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Joriy yilning bahor oylarida 8 million 861,5 ming tup manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chati ekilgan bo‘lsa, kuz mavsumida 5 million 950 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.  

– Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan “Yashil makon” loyihasi, ayniqsa, bizning hududimiz uchun juda muhim, – deydi “Qoraqalpog‘iston tongi” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Nazira Matyaqubova. – Chunki Orol dengizi inqirozi oqibatlarining oldini olish va yumshatishda yashil hududlarni ko‘paytirish,  ko‘kalamzorlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda “Onalar yashil makon uchun” tashabbusi bilan mahallalarda “Onalar bog‘i”, shuningdek, “Mahalla bog‘i”, “Yoshlar bog‘i” tashkil etilmoqda. Inson tabiatning ajralmas bo‘lagi. Hayotiy ehtiyojlarimiz uchun zarur bo‘lgan hamma narsani tabiatdan olamiz. Shunday ekan, o‘z navbatida biz ham tabiatni asrab-avaylashimiz lozim.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari tomonidan yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan umummilliy loyiha shahar va tumanlarda, mehnat jamoalarida, o‘quv yurtlarida davom etmoqda.  

22.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar