Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan butun mamlakatimiz bo‘ylab eng chekka va olis hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu topshiriqqa asosan Respublika ishchi guruhi shakllantirilib, uning tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari hamda viloyat hokimliklari, tashkilot va idora mas’ullari kiritildi.
O‘tgan bir yarim oy mobaynida Respublika ishchi guruhi boshchiligida tanlangan 70 ta “qizil” toifadagi mahallalarda uyma-uy xatlovlar o‘tkazilib, natijalari asosida har bir hudud kesimida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.
Jumladan, sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan 2 mingdan ziyod oilalarning turar joylari joriy va kapital ta’mirlab berildi, 459 tasida kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 554 ta ichki ko‘chaga 78 km uzunlikda asfalt, 293 km yo‘l shag‘al, 16 km yo‘lga beton yotqizilib, 18 946 m2 piyodalar yo‘lagi barpo etildi.
Elektr ta’minotida 125 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 895 dona yoritish moslamalari o‘rnatildi, 46 ta yangi transformator o‘rnatilib, 163 tasi ta’mirlandi, 4 288 ta simyog‘och ustunlar beton ustunlarga almashtirildi, 1 363 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.
Gaz ta’minoti bo‘yicha 112 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 4 km uzunlikdagi yangi tabiiy gaz tarmog‘i tortildi, 128 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi,
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 133 km uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortildi, 9 km ta’mirlandi, 6 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi va 16 tasi ta’mirlandi.
Ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash uchun 20 ta ko‘p qavatli uyning 243 m2 tom qismi, 24 tasining kirish yo‘laklari ta’mirlandi.
Aholi talabiga ko‘ra 2 mingga yaqin xonadonga qo‘shimcha 1,5 ming tonna ko‘mir va 12 mingga yaqin suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Sharoiti og‘ir bo‘lgan aholi qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalariga ham Respublika ishchi alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, 70 ta mahalladagi 4 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlandi, 716 nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilarga 2 mlrd. so‘mga yaqin turli yordamlar ko‘rsatildi, 54 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 60 nafariga protez-ortopediya vositalari, 5,2 ming nafariga bepul dori-darmon vositalari, 137 nafariga tikuv mashinasi va 102 nafar fuqaroga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.
Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida 100 mingga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra ularning 703 nafariga davolanish uchun order, 40 nafarga sihatgoh, sanatoriya va profilaktoriyalarga yo‘llanma berildi, 31 nafar yakka yolg‘iz keksalarga hamda 190 nafar nogironlarga turli yordamlar ko‘rsatildi.
Shu bilan birga aholi orasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 581 nafar fuqaroga 10 mlrd. 645 mln. so‘mlik imtiyozli kredit, 245 nafariga 1mlrd 590 mln so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi.
Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash maqsadida 4 mingdan ziyod tadbirlar tashkil etildi. Farzand tarbiyasi, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish, kitobxonlik targ‘ib qilish, sport tadbirlari “Uch avlod uchrashuvlari”ga bag‘ishlangan tadbirlar shular jumlasidan. Tadbirlar natijasida 174 ta oiladagi notinch va nizoli holatlar bartaraf etildi.
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |