2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Dolzarb 40 kunlik” qizg‘in pallada

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” qizg‘in pallaga kirdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryoda ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chatlar ekib bog‘ yaratish ishlari keng quloch yozdi. Ushbu tadbirlarda barcha insonlar – keksayu yosh faol ishtirok etib, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi va  mahallalar hududida ko‘chatlar ekilmoqda.  

Viloyat hududida joriy yilning kuz mavsumida 5 million. 987 ming tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish ishlarini yaxshilash maqsadida tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari ob’ektlariga 11 ta suv chiqarish qudug‘ini  qazish hamda 14 kilometr uzunlikda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlarini amalga oshirish belgilangan.  

–Viloyatning 3 ta shahar va 8 ta tumanidagi 12 gektar maydonda maxsus sug‘orish tizimlarini tashkil qilgan holda 11 ming tup daraxt ko‘chati ekilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i  Ikromjon Tagayev. – Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati “Yashil hudud” DUK tomonidan viloyatning tuman va shaharlarida  21,4 gektar maydonda maxsus sug‘orish tizimi yaratilgan. “Yashil bog‘”lar tashkil etilib, 6 ming 730 dona ko‘chat ekilishi mo‘ljallanmoqda.  

Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida joriy yilning 9 noyabr holatiga ko‘ra  335 ming 700 tup mevali va manzarali ko‘chat ekildi.  

Shuningdek, viloyatning shahar va tuman hokimliklari tomonidan o‘z hududlarida “Hokimlik bog‘lari” hamda yirik sanoat korxonalari tomonidan “Yashil belbog‘lar” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.  

10.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar