Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Tog‘aytemir, Qamashi tumanining Zafar, Nishon tumanining Guliston hamda Mirishkor tumanidagi Oltinboshoq mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi mezonlari asosida ko‘ng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha xonadonlar 4 ta toifaga bo‘lib olindi.
1-toifaga hech qanday muammosi mavjud bo‘lmagan obod xonadon; 2-toifaga moddiy sharoiti yaxshi, imkoniyati bor, lekin uy-joyi ta’mir va obodonlashtirishga muhtoj xonadon; 3-toifaga o‘rtacha sharoitda yashayotgan uy-joyi ta’mir va obodonlashtirishga muhtoj xonadon; 4-toifaga esa o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan, uy-joyi ta’mirga va obodonlashtirishga muhtoj, to‘liq yordam berilishi kerak bo‘lgan xonadonlar kiritilib, ro‘yxati shakllantirildi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlandi.
Hozirgi kungacha viloyatda 4 ta mahalladagi ta’mirtalab 40,6 kilometr yo‘lga shag‘al qoplamasi yotqizildi. Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 14 dona transformator ta’mirlandi va 165 dona simyog‘och ustun o‘rnatildi. Shu bilan bir qatorda 3 kilometr tabiiy gaz tarmog‘i ta’mirlanib, aholiga 413 dona maishiy gaz balloni tarqatildi. Shuningdek, mahalla aholisiga hamda mahalladagi ijtimoiy soha ob’ektlariga kuz-qish mavsumida ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.
Mahallalardagi o‘zgarishlarga aholi vakillari ham befarq emas.
– Mahallamizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tasavvur ham qilmagan edik, – deydi Zafar mahallasida yashovchi Bahrom Mo‘minov. – Ichki yo‘llarga asfalt va qum-shag‘al qorishmasi yotqizilmoqda. Elektr ta’minoti yaxshilanib, maishiy gaz ballonlar o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Biz mahalla ahli ham qo‘l qovushtirib turmasdan qo‘limizdan kelgancha yordam beryapmiz. Uylarimizni, ko‘chamizni hashar uyushtirib obod qilyapmiz.
Aholi bandligini ta’minlash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mazkur mahallalardagi 310 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, 5 ming 889 nafar fuqaro to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, viloyatdan tanlab olingan 4 ta mahallada ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda.
Xonadon madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda ko‘rkam qilish, qurilish me’yorlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha 78 ta tadbir o‘tkazilib, 4 ming nafardan ortiq fuqaro qamrab olindi. Tadbirda ishtirok etganlarning 1 ming 755 nafari yoshlar bo‘lsa, 2 ming 359 nafarini xotin- qizlardir.
Oilalarda farzand tarbiyasi, xonadon a’zolarining bandligi, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha 55 ta tadbir o‘tkazilgan. Nizoli va notinch oilalar bilan 25 marta suhbatlar uyushtirildi.
Bundan tashqari, ushbu mahallalarda ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab tanlovlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |