Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov haftani tadbirkorlar qabuli bilan boshlashi an’anaga aylanib qolgan. Har hafta dushanba kuni ertalab Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida viloyat hokimi tadbirkorlarning murojaatlarini eshitadi.
Ushbu haftada bu tartib biroz o‘zgardi. E.Turdimov hafta davomida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Urgut va Payariq tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning murojaatlarini eshitishi haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berildi.
Dastlabki uchrashuv bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida o‘tkazildi.
Uchrashuv haqida e’lon berilgach, viloyat hokimiga o‘z dardini aytmoqchi bo‘lgan 50 dan ortiq tadbirkor Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tib, muammosini bildirdi. Shu paytgacha qadar bu murojaatlarning 24 tasiga tegishli idoralar tomonidan yechim topildi. Qolgan murojaatchilar va uchrashuvda bevosita qatnashish uchun kelgan 80 dan ortiq tadbirkorning muammolari bugun tinglanib, aksariyat masalalarga ijobiy yechim topildi.
– Davlatimiz rahbarining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlarini tashkil etish hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish belgilangandi, – deydi Samarqand shahrida yashovchi yosh tadbirkor Aqida Abdurahmonova. – Shu asosida 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan tanlovda 20 ta loyihadan 7 tasi, jumladan, bizning “Batat unidan shirinliklar ishlab chiqarish” loyihamiz ham g‘olib bo‘lgandi. Bu loyihani amalga oshirishimiz uchun bizga 55 million so‘m grant berilishi kerak edi. Ammo haligacha ushbu mablag‘ ajratilmayapti. Shu masalada viloyat hokimiga murojaat qilgandik, 15 dekabrga qadar muammoni ijobiy hal qilish bo‘yicha mutasaddilarlarga topshiriq berildi.
Ishtixondan kelgan tadbirkor Shohsanam Sodiqova kasanachilik asosida 17 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan va non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Endilikda faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit olish niyatida. Ammo o‘zining aytishicha, bunga tumandagi ayrim mas’ullar to‘sqinlik qilmoqda. Viloyat hokimi bu murojaatni ham qisqa muddatda o‘rganib, yechim topish bo‘yicha mas’ullarni belgiladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar va endigina ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarning imtiyozli kredit olish, elektr energiyasi, gaz tarmog‘iga ulanish, kadastr hujjati tayyorlash, davlat va jamoat ehtiyoj uchun olingan bino uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham murojaatlar tinglanib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat hokimining tadbirkorlar bilan shu kabi uchrashuvlari 29 noyabr kuni Urgut tumanida, 30 noyabrda Kattaqo‘rg‘on shahrida va 2 dekabrda Payariq tumanida o‘tkaziladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |