2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod mahallalarda bayram tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Konstitutsiya haftaligi” doirasida Samarqand viloyatida ham bir qator yangi ob’ektlar foydalanishga topishirilmoqda.

Xususan, Pastdarg‘om tumani Olti qahramon mahallasida keyingi uch oyda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlanib, yangi bino va inshootlarning ochilish marosimlari o‘tkazildi.

3800 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan mahallada qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratildi.

Mahallada aniqlangan ta’mirtalab 628 ta xonadonda “Obod xonadon” va 27 ta ichki ko‘chada “Obod ko‘cha” mezonlari joriy etildi. Mahalla aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasida 177 nafar fuqaroga bepul dori-darmon hamda nogironligi bo‘lgan 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 19 nafar ehtiyojmand fuqaroga jami 234 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 144 nafar ishsizlarning bandligi ta’minlandi. 

Mahalla infratuzilmani yaxshilash maqsadida hududda 242 dona yangi temir-beton ustun, 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 4 tasi ta’mirlandi va aholining elektr ta’minotidagi muammolar bartaraf etildi. Ichki ko‘chalarning 5,1 kilometriga asfalt yotqizildi, 8,1 kilometr qismi shag‘allashtirildi, 1,4 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lagi tashkil etildi. Ko‘chalarda 240 dona tungi yoritish chirog‘i, 25 dona yo‘l harakati belgisi va panno o‘rnatildi. 16 ta ichki ko‘chaga 6,1 kilometr uzunlikda internet tarmog‘i tortildi.

– Bunday obod mahallalarni shu paytgacha televizorda ko‘rib havas qilardik va bizda ham shunday sharoitlar yaratilarmikan, deb o‘ylardik, - deydi mahalla faoli Said Mirzayev. – Hurmatli Prezidentimizning insonparvar siyosatlari tufayli mana bizning mahallamiz ham ko‘rkam maskanga aylandi. Uch oy ichida shuncha katta ishlar bajarilishini tasavvur ham qilmagandik.

Viloyat va tuman hokimliklari, ko‘plab tashkilotlar yordam berdi, hashar uyushtirdi va xonadonlarimizgacha obod bo‘ldi. Endi bu obodlikning qadriga yetib, hayotimizni o‘zgartirishimiz, yangicha yashashimiz kerakligini his qilib turibmiz.

Mahalladagi qurilish-bunyodkorlik ishlari davomida mahalla markazi, aholi dam olish maskani, birinchi sektor shtabi binosi, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi, tadbirkorlik ob’ektlari va aholiga xizmat ko‘rsatish majmualari tashkil etildi. 

Mazkur ob’ektlarning ochilishida Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi S.Turdiyev, viloyat sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Marosimda mahalladagi qurilish-obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etgan korxona va tashkilotlar vakillari, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi. “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazilib nuroniylar va yoshlar vakillariga “Nuroniy” jamg‘armasining sovg‘alari ulashildi.

Bu kabi tadbirlar Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlarida ham o‘tkazildi.

06.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar