Ota-ona qaramog‘idan erta mahrum bo‘lib voyaga yetgan, bugun mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar davlatimiz tomonidan uy-joy bilan ta’minlanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Sharof Rashidov tumanida 3 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga barcha sharoitga ega zamonaviy yangi uyning kaliti tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Mahmud Xolbo‘tayev, nuroniylar, mehnat faxriylari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi xonadon egalarini quvonchli kun bilan samimiy tabriklab, bugungi kunda mehrga muhtoj bo‘lgan farzandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida mamlakatimizda davomiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.
Bu yoshlarning uylariga homiy tashkilotlar tomonidan xonadon uchun zarur bo‘lgan barcha uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika vositalari to‘yona sifatida topshirildi. Endi bu yoshlar Yangi yilni Prezidentimiz sovg‘asi bo‘lgan yangi, barcha sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan yangi uyda kutib oladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |