Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar, mehnat faxriylari, mahalla faollari qatnashdi.
Viloyat rahbari, faol nuroniylardan Fayzulla Behbudov va boshqalar yig‘ilganlarni foydalanishga topshirilayotgan yangi va shinam turar joy inshootlari, zamonaviy infratuzilma, qulay muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan samimiy qutladi. Keyingi yillarda yurtimizda aholi turmush darajasini oshirish, avvalo, mahalla va qishloqlar qiyofasini yangilash, tumanlar markazlarini shaharsozlik qoida va me’yorlariga mos, yangicha andozalarda qayta qurish, qolaversa, hududda xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash sohalari faoliyati sifatini ko‘tarishda muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilganini e’tirof etdi. Maktab va maktabgacha ta’lim tizimida yaxshi natija berayotgan islohotlar Qorako‘lda ham o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.
Tantanada duoga qo‘l ochgan nuroniylar yaratgandan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘rab, tumanga ko‘rk bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo qilingan o‘ziga xos shaharcha va undagi shinam inshootlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. Alvon lenta qirqilgach, tadbirda yig‘ilgan viloyat va tuman mutasaddilari hududdagi turar joylar va ulardagi shart-sharoit bilan tanishdi.
Shu yerda Botir Zaripov shaharcha ko‘rinishini olgan massiv aholi vakillari bilan muloqot qildi. Ularning muammolariga quloq tutdi. Aholi xonadonlarida qishga tayyorgarlik masalalari bilan qiziqdi. Shundan kelib chiqib tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
– “Yangi turmush” mahallasidan bu shaharchaga ko‘chib keldik, – deydi “Yangi O‘zbekiston” massividagi yangi xonadon egalaridan biri, 15-uy, 9-xonadon bekasi Gulshoda Erniyozova. – Biz oilamiz bilan o‘qituvchilar sulolasi vakillarimiz. O‘zim qishloqdagi 24-sonli maktabda o‘quvchilarga tasviriy san’at va chizmachilik fanidan saboq berib, nafaqaga chiqqanman. Ko‘p yildirki, ikkinchi guruhi nogironi sifatida davolanishga muhtojligim bois qishda issiq va shinam uyga ehtiyojimiz bor edi. Turmush o‘rtog‘im Sa’dulla Qodirov, qizim Gulzira va Abdulla o‘g‘lim bilan maslahatlashib, shu yerdan uy sotib olishga qaror qildik. Qiymati 280 million so‘mga baholangan ikki xonali, 50 metr kvadratga teng xonadonni 32 million so‘m boshlang‘ich badalini to‘lab xarid qildik. Bunda bizga “Xalq banki” tuman filiali yaqindan ko‘maklashdi. Uyning qolgan to‘lovini o‘z zimmasiga olgani holda biz bilan 20 yil muddatga kredit shartnomasini rasmiylashtirdi. Asosiysi, pishiq g‘ishtdan mustahkam qurilgan uyda tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi ta’minotida muammo yo‘q. Buning uchun Prezidentimizga ming rahmat.
Ma’lumot uchun, Prezidentimizning 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni asosida Qorako‘l tumanida yangi massiv uchun Do‘rmon hududi belgilanib, qurilish ishlari boshlangan edi. Bugunga kelib massivda 12 ta 240 ta xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli zamonaviy turar joy majmuasiga ega. Kelgusi besh yil davomida bu yerdagi ko‘p qavatli uylar soni 70 taga, aholi xonadonlari esa 1400 taga yetkaziladi.
O‘tgan davr mobaynida massivda 330 o‘ringa mo‘ljallangan maktab, shuningdek, 240 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, davlat-xususiy sherikchiligi asosida yana 120 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi va 100 qatnov o‘rniga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika binolari ham qurib bitkazildi.
Joriy yil oktyabr oyida aynan “Yangi O‘zbekiston” massivida 53-sonli ta’lim dargohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uch qavatli, mazkur maktab binosi 2022 yilda Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan umumiy qiymati qariyb 13 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi. Yana bir muhim jihati, massivga tutash hududda mamlakatimiz Prezidentining tegishli qarori asosida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Bu yerda qiymati 4 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan istiqbolli biznes loyihalari amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |