Inson qadri ulug‘langan yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emas. Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori tufayli ota- ona qaramog‘idan erta mahrum bo‘lgan, yetim bolalarning hech kimdan kam bo‘lmay yashashi uchun shart-sharoit yaratib berilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham yangi yil arafasida 38 nafar ana shunday yigit- qiz uy-joyli bo‘ldi.
Bunda davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ajratilgan uylar kalitini o‘z egalariga tantanali topshirdi.
Muboraklik Sevinch Navro‘zova taqdirning achchiq qismati tufayli ota onasidan erta ayrilib, shu paytga qadar tog‘asi qaramog‘ida yashadi. Astoydil o‘qib- o‘rganib, Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Unga o‘zi yashayotgan tumandan bir xonali uy sovga qilindi.
– Besh yoshligimda tog‘amning qaramog‘ida qolganman, – deydi Sevinch Navro‘zova. – Prezidentimizning biz kabi yoshlarga qaratayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligidan juda mamnunmiz. Hech qachon bizni tashlab qo‘ymaydi. Yurtboshimizning e’tibori tufayli Qarshi davlat universiteti talabasiga aylandim. Bu yilgi yangi yil men uchun qo‘shaloq bayram bo‘ladigan bo‘ldi. Endi bayramni yangi uyda nishonlaymiz. Menga uy-joy ajratilganini eshitganimda ko‘zimga quvonch yoshlari keldi. Albatta, kelgusida o‘z soham bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz kelajagi uchun munosib hissa qo‘shishga va’da beraman.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 30 iyun –“Yoshlar kuni” munosabati bilan ham 30 nafar yoshga uy topshirilgan edi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |