2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
1600 nafar ogʻir turmush sharoitidagi xotin-qiz uy-joy bilan taʼminlanadi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga har tomonlama koʻmak berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shunday tizimli ishlar samarasida mamlakat boʻyicha 47 ming nafarga yaqin ogʻir turmush sharoitida yashayotgan va shundan 14 ming 600 nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizlar aniqlanib, ular bilan bilan manzilli ishlar olib borilgan. Ulardan 14 ming nafariga tibbiy yordam koʻrsatilgan boʻlsa, 13 ming 500 nafarining bandligi taʼminlangan va 22 ming nafariga moddiy yordamlar berilgan.

 

Shu bilan birga, yurtimiz boʻyicha 3121 nafar ogʻir turmush sharoitida yashayotgan, uy-joyga muhtoj xotin-qiz uy-joy bilan taʼminlanib, 4 929 nafariga uy olishlari uchun tavsiyalar berilgan.

 

– Bu kabi ezgu ishlarni davom ettirib, 2019 yilda 1600 nafar ogʻir turmush sharoitidagi ayollarni uy-joy bilan taʼminlash rejalashtirilgan, – dedi Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova. – Shuningdek, respublikamizning 200 ta shahar va tumanida istiqomat qilayotgan 1 ming 464 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi boʻyicha uy-joy qurilishi uchun 54 milliard 581 million soʻm miqdorida boshlangʻich 25 foiz badal toʻlab berildi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA.

07.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar