2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obodlik ostonadan boshlanishi olis mahallalarda ham o‘z ifodasini topmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida 2023 yilda mamlakatimizning barcha hududlarida og‘ir iqtisodiy-ijtimoiy ahvoldagi “qizil” toifadagi mahallalarda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bu borada Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari mas’ul xodimlari, viloyat sektorlari hamda hududiy hokimliklar bilan birga ish olib borildi.

Dastlab o‘tgan yilning avgust oyida mamlakatimizdagi 14 ta mahallada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilgan bo‘lsa, ayni shu tajriba asosida sentyabr – dekabr oylarida yana 56 ta mahalla yangi qiyofa kasb etdi,  deyiladi Respublika ishchi guruhi ma’lumotida.  

Aniq raqamlar asosida aytadigan bo‘lsak, mahallalardagi 42 mingdan ziyod xonadonda o‘rganishlar o‘tkazilib, xatlov natijalari asosida ushbu mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarning 5 mingga yaqin turar joylari ta’mirlab berilgan bo‘lsa, “Obod ko‘cha” mezonlari bo‘yicha 675 ta ko‘chada asfaltlash, shag‘allashtirish va betonlash ishlari amalga oshirildi. 42 ming metr kvadrat piyodalar yo‘lagi barpo etildi, 271 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 17 kilometr tarmoq ta’mirlandi. 24 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi, 33 tasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ana shunday tizimli ishlar natijasida yurtdoshlarimizni uzoq yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan birlamchi hayotiy ehtiyojlari hal etildi.  

Albatta, bu jarayonda ko‘p qavatli uylar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. 31 ta ko‘p qavatli uyning 9 ming metr kvadrat tom qismi, 89 tasining kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Qish kunlari aholini tashvishga solgan energiya manbalari bilan bog‘liq masalalar ham o‘z yechimini topdi. Jami 245 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortildi, 74 ta transformator o‘rnatilib, 213 tasi ta’mirlandi. Muddati o‘tgan 6 mingdan ziyod simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 2,5 mingdan ziyod yangi qo‘shimcha beton ustunlar, 3,5 ming dona yoritish moslamalari o‘rnatildi. 712 ta gaz taqsimlash punkti, 181 kilometr gaz tarmog‘i ta’mirlandi, olis chekka hududlardagi aholi uchun 13 mingga yaqin suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.  

“Obodlik ostonadan boshlanadi” degan naqlning amaldagi isboti mahallalarda o‘z aksini topdi. Birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning jamoasi uchun munosib sharoitlar hozirlandi. Bugunga qadar “Obod mahalla” mezonlari asosida 400 ga yaqin yangi ijtimoiy ob’ekt foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, 52 ta markaziy ko‘chadagi maishiy ob’ektlar, 53 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, 28 ta maktab, 17 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 19 ta oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar, 19 ta aholi dam olish maskanlari barpo etildi.  

Shu bilan birga,  aholini ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 10 ta kasb-hunarga o‘qitish maskani, 101 ta maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo ob’ektlari aholi ixtiyoriga topshirildi.  

Mahallalardagi obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda bandlik masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Odamlarni ishli qilish, daromadini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Mahallalarda 6 mingdan ziyod aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Jumladan, 1 ming 729 nafarining o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashildi, 641 nafari kasb-hunar o‘rganish uchun o‘qishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 475 nafarining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.

Subsidiya asosida ishsiz insonlarning 411 nafariga tikuv mashinasi va 179 nafariga ish anjomlari olib berildi. 1 mingdan ziyod fuqarolarning kredit olishiga ko‘maklashildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 2 ming 289 nafar fuqaroga yordam  ko‘rsatildi.

Shuningdek, aholining salomatligini tekshiruvdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha 13 mingga yaqin shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 1 ming 93 nafariga davolanish uchun order topshirildi. Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan aholi vakillariga sihatgohlarga yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, nogironligi bor, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya vositalari, bepul dori-darmon berildi.

Bu aynan xonadonma-xonadon o‘rganishlar, Respublika ishchi guruhining xulosalari asosida amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ko‘rinishi.  

Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, asriy an’analar, milliy qadriyatlarni munosib davom ettirish avlodlarga to‘la to‘kis yetkazish borasidagi xayrli ishlar.  

Bularning bari har bir inson qalbida bugungi kunga shukronalik, ko‘tarinki kayfiyat va quvonch bag‘ishlaydi. Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlarning natijasini odamlarning yuz ko‘zida, jajji bolajonlarning shirin kulgisida ko‘rish mumkin. Xalqni rozi qilish, insonning qadr-qimmatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar islohotlarning oliy maqsadidir.  

03.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar