2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi O‘zbekiston yoshlari: imkoniyat va istiqbol

Mamlakatimizda 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi. Bu yurtimiz yoshlarining mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning faol va bevosita ishtirokchisi, jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish mamlakatimizning ustuvor va strategik vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, keyingi 7 yilda yoshlar siyosati samaradorligiga oid jami 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari, jumladan, 2016 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. 2017 yil 30 iyunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi yoshlarning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratildi. O‘z navbatida, Prezident taklifiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar kunini belgilash to‘g‘risida” gi qonun bilan 30 iyun –“Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.  

Bugungi kunda hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan, “halollik vaksinasi” bilan emlangan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.  

Xalqaro ekspertlar yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligiga asosan yoshlarning umumiy ahvolidan kelib chiqib uch mezon asosida baho beradi. Yoshlar salomatligi darajasi, yoshlarga berilayotgan ta’lim darajasi va yoshlarning ijtimoiy ta’minlanganlik darajasi shular jumlasidandir. Islohotlar silsilasida Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – “Yoshlar daftari”ning joriy etilishi yoshlarga oid siyosatni yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Natijada o‘tgan qisqa davr ichida respublikada yashayotgan 18-30 yoshdagi minglab ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, ishsiz yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning muammolarini hal qilish uchun hududlarda “Yoshlar jamg‘armalari” orqali zarur mablag‘ ajratildi.  

Shuningdek, 2020 yildan boshlab yoshlar tadbirkorligini mikrokreditlashning yangi tizimi joriy etildi. Yoshlarga o‘z biznesini boshlashi uchun ta’minotsiz mikrokreditlar berish amaliyoti joriy etildi. Yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi yo‘lga qo‘yilib, tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi davlat tomonidan kompensatsiya qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Natijada 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘paydi. 2021 yilda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSH dollari ajratilgani yosh tadbirkorlarni yanada ruhlantirdi.  

Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirayotgani hech kimga sir emas.  

Joriy yilning – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili,  deb e’lon qilinishi ham  mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning uzviy va mantiqiy davomi bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yoshlarga va tadbirkorlikka oid maqsadlariga aynan uyg‘undir. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash uchun har bir viloyatda bittadan “Kreativ park”lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish, har yili 500 nafar iste’dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish, maktab bitiruvchilarining kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta’minlash, kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish, “Top-500” ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish kabi maqsadlar o‘rin olgan.  

Holbuki, sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir. Yoshlarga oid davlat siyosati avvalo har bir davlatning ichki siyosati bo‘lib, yoshlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosati hech qachon yakunlangan tizimni anglatmaydi. Bu sohadagi izchil va hayotchan islohotlar davr talabi va mavjud shart-sharoitdan kelib chiqib, takomillashtirib  boriladigan uzluksiz jarayondir.  

08.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar