2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahalla obodligida raisning o‘rni beqiyos

Samarqandda mahallani qo‘llab-quvvatlash viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi, kengash raisi E.Turdimov boshqargan yig‘ilishda shahar va tumanlardan delegat sifatida saylangan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, kengash a’zolari hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqqan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mahallalar boshqaruv tizimi bir necha marta o‘zgarib, ularning faoliyati ustidan nazorat va monitoring davlat organi zimmasiga yuklatildi. Bu esa mahallaning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi maqomiga zid hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining sohaga oid farmon va qarori asosida mahalla institutining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilot sifatida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning viloyat va tuman bo‘linmalari tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliga 100 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat bilan vazifalar yuklatilgan edi. Xususan, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori mahalla raisiga bo‘ysunmasdi. Ularning qo‘lida moliyaviy va ma’muriy resurslar mavjud emas, muhtoj fuqaroga yordam va subsidiyalar tayinlashda ham rais bilan maslahatlashilmas edi. Yangi tartibda raisning mahalla rahbari sifatidagi o‘rni huquqiy mustahkamlandi. Shuningdek, “mahalla yettiligi”dagi har bir xodimning vazifa va majburiyatlari, vakolatlari aniq belgilab berildi.

– Mahalla raisi o‘sha hudud bo‘yicha birinchi mas’ul shaxs, – dedi E.Turdimov. – Mahalla va u yerda yashovchilar hayoti bilan bog‘liq har bir holat uchun raisdan so‘raladi, boshqacha aytganda, mahallaning uvol-savobi shu odamning gardanida. Endi mahalla “yettilik” tizimiga o‘tmoqda, ya’ni barcha masalani shu yerning o‘zida hal etish uchun imkoniyat paydo bo‘lmoqda. Bu birinchi navbatda mahalla raisiga, uning faol va tashabbuskorligiga bog‘liq. Rais hokim va sektor rahbarlari oldiga masala qo‘ya olishi lozim. Hokimlar shunga qarab o‘z faoliyat yo‘nalishlarini belgilab oladi. 

Yig‘ilishda 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlari oldida turgan vazifalar ham muhokama etildi. 

Tashkiliy yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis konferensiyasida ishtirok etish uchun viloyatdan delegatlar saylandi.

15.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar