2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar! Muhtaram Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Qadrli vatandoshlar!

Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Xalqimiz sizlar kabi mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulug‘ ishni sharaf bilan ado etib, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlarini ko‘radi.

Mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz sizlarning metin irodangiz, jangovar ruhingiz va shiddatingizga qarab, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligi mustahkam ishonchli qo‘llarda ekanini yanada chuqur his etmoqdamiz.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Xalqimizning asl o‘g‘lonlariga xos fazilatlar ulug‘lanadigan mana shu unutilmas lahzalarda Vatan oldidagi burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan botir jangchilarimizni yod etib, ularning o‘lmas xotirasi oldida ta’zim qilamiz.

Ishonchim komil, ular o‘zlarining jasorati va o‘chmas nomlari bilan el-yurtimiz qalbida hamisha barhayot yashaydi, jangovar saflarda ularning o‘rni, aziz xotirasi hech qachon yo‘qolmaydi.

Muhtaram yurtdoshlar!

Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu g‘oya asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish, harbiy qurilish sohasini tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borayotgan islohotlarimiz natijasida milliy armiyamizda chuqur sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda, uning saflarida xizmat qilish tom ma’noda shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.

Bu borada, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarimiz muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarimizning professional mahorati va obro‘-e’tibori jahon miqyosida ham yuksalib bormoqda. Buni mamlakatimiz Qurolli Kuchlari vakillarining nufuzli xalqaro harbiy musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ham kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday sa’y-harakatlarimiz hamda Milliy armiyamiz va xalqimizning faol hamkorligi tufayli Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining ishonchli kafolatiga, chinakam jasorat va matonat maktabiga aylanmoqda, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Qadrli do‘stlar!

Dunyo miqyosidagi hozirgi o‘ta murakkab vaziyatda mamlakatimiz xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli ta’minlash yanada dolzarb vazifamizga aylanmoqda.

Shuni hisobga olgan holda, “O‘zbekiston – 2030” стратегиясида mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, yurtimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish masalalari ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

Shu asosda mamlakatimizning harbiy-ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, qo‘shinlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga yanada ulkan ahamiyat qaratamiz.

Buyuk Amir Temur bobomiz aytganlaridek, g‘alaba taqdirini avvalo qo‘shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma’naviy qudrati va mustahkam irodasi hal qiladi.

Shu bois, milliy armiyamizning chinakam kuch-qudratini belgilab beradigan qo‘rqmas va dovyurak harbiylarimiz qalbida jangovar ruhni oshirish, ularni har qanday qiyinchilik va sinovga chidamli va matonatli etib tarbiyalash bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aziz Vatan himoyachilari!

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Azmu shijoatli O‘zbekiston harbiylari – Vatanimiz posbonlariga shon-sharaflar bo‘lsin!

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

14.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar