Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asocan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va sohaviy muammolarni joyida hal etish ishlari boshlandi.
Ishchi guruhga Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar mas’ullari jalb etildi.
Viloyat bo‘yicha aholini yillar davomida qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolar, shaxsiy murojaatlarni imkon qadar joyida hal etish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish masalalar e’tibor markazida bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari rahbarlariga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O‘tgan ikki kun davomida Xalq qabulxonalari tomonidan tuman, shahar sektorlari bilan hamkorlikda 11 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 308 nafar fuqaro tomonidan 320 ta masala ko‘tarildi. Murojaatlarning 102 tasi joyida hal etildi, 92 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 126 ta masala ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, Buvayda tumani O‘rta qo‘ng‘irot mahallasida tashkil etilgan qabulda 27 nafar fuqaro 22 ta masalada murojaat qildi. 4 tasi joyida hal etilib, 18 tasi bo‘yicha tegishli idora va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, Qoratepa mahallasida yashovchi O.Qo‘ldashevning ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlash masalasi ijobiy hal etildi. Farg‘ona shahri Kirgili mahallasida yashovchi fuqaro M.Dadajonovaning sud qarori ijrosi, himoya orderi, gaz, moddiy yordam masalalari ijobiy hal etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 153 ta murojaat qayta o‘rganilib, 19 tasi ijobiy hal etildi. Jumladan, Farg‘ona tumani Oq oltin mahallasida yashovchi B.G‘iyosiddinovaning farzandi 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirildi. Beshariq tumani Qoraqo‘yli mahallasida yashovchi M.Qayumovning oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun subsidiya mablag‘larini olish yuzasidan murojaati ijobiy hal etildi.
Buvayda tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida tumandagi band bo‘lmagan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Unda tumandagi 51 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari 241 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Jami 85 nafar fuqaro ishtirok etdi. Tadbir davomida 42 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shundan, 22 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 20 nafar fuqaro “VODIY TRADE 007” korxonasiga kasanachi sifatida ishga qabul qilindi va ularga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Quva tumani Qoraqum mahallasi aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 190 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 132 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlandi. 124 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 8 nafar bemorga shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yo‘llanma berildi. Tibbiy ko‘rikda Quva tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida kardiolog, LOR, dermatolog, psixiatr nevropatolog mutaxassislari ishtirokida laboratoriya, EKG va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlar asosida aholi 283 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi. O‘zbekiston tumani Sulaymon mahallasidagi aholi iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi o‘rta va past bosimli gaz quvurlarida tamirlash, tartibga keltirish va bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi.
Elektr ta’minoti sohasidagi murojaatlarni hal etish uchun jami 2,9 km elektr tarmog‘i tortildi hamda yangi 2 ta transformator punkti va 60 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Misol uchun, Buvayda tumani Jaloir mahallasida 0,2 km tarmoq tortildi va Tepalik mahallasida 10 ta tayanch o‘rnatildi.
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona shahar A.Qodiriy mavzesidagi 250 ta ko‘p qavatli uylarning ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida quvurlarni almashtirish ishlari olib borilmoqda. Qo‘qon shahar Achchiqko‘l mahallasidagi 28-sonli suv inshootida ichimlik suvi nasosi ta’mirlandi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |