Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi Gulnoz Xudoyqulova 20 yildan oshibdiki, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz qariyalar bilan ishlab keladi.
Ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar esa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirishni talab etardi. Shu boisdan ham qahramonimizning mehnat ta’tiliga chiqishi doim ortga surilib keldi.
–Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Qamashi tuman bo‘limida ijtimoiy xodima bo‘lib ishlab keldim, – deydi G.Xudoyqulova. – Ishlagan davrimiz uchun bizga foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmadi. Bu haqda bo‘lim hisobchisiga uchrashdik, lekin natija bo‘lmadi. Shundan so‘ng tuman adliya bo‘limiga murojaat qildik.
Bu orada ishdagi o‘zgarishlar, tizim va ish yo‘nalishining o‘zgarishi ortidan hujjatlar ham o‘zgardi. Biroq shunday bo‘lsa-da, xodimning mehnat ta’tiliga chiqishi uning qonuniy haqi edi. Shu sababli Gulnoz Xudoyqulova foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirish maqsadida Qamashi tumani adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Aytish joizki, murojaatchi faqatgina Gulnoz Xudoyqulova emasdi. O‘rganishlar davomida u bilan birga ishlagan 25 nafar xodim o‘z vaqtida mehnat ta’tiliga chiqmaganligi ma’lum bo‘larkan, bo‘lim tomonidan ularning qonuniy huquqlari tiklanib, xodimlarning jami 43 million 415 ming 157 so‘m foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari undirib berildi.
– Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosati avvalo inson, uning hayoti, huquq va erkinligini ta’minlashga va himoyalashga qaratilgandir, – deydi tuman adliya bo‘limi vazifasini vaqtincha bajaruvchi J.Ismoilov. – Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimida adliya organlariga belgilangan vazifalar doirasida doimiy ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda hamda fuqarolarning murojaatlari xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqilishi ta’minlanib, ularning huquqlari buzilayotganligi holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq ularni bartaraf etish va tiklash choralari ko‘rilmoqda.
O‘z vaqtida ko‘rsatilgan huquqiy ko‘mak ortidan nafaqat muammolarga yechim topiladi, balki bu orqali murojaat qiluvchining ham ko‘ngliga xotirjamlik kiradi. Binobarin, bugun aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga, muammolarni hal qilish mumkinligiga umid uyg‘otmoqda. Qolaversa, bu orqali fuqarolarning davlat organlariga ishonchining mustahkamlanishiga ham erishilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |