2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar “mahallabay” tarzida tahlil etilib, kerakli choralar ko‘rilmoqda

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini hududlarda davom ettirmoqda. Galdagi manzil Qashqadaryo viloyati bo‘ldi.

Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi Xalq qabulxonasi xodimlari, vazirlik va idoralar mas’ullari jalb etildi.

Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga yechim topish, ular asosida ommaviy qabullarni tashkil etish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish kabi masalalar guruh faoliyatining e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘tgan bir oy davomida Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 68 ta sayyor qabul tashkil etildi. Kelib tushgan murojaatlar “mahallabay” tarzida tahlil etilib, ularning yechimi bo‘yicha kerakli choralar ko‘rildi.  

Misol uchun, viloyatning Ko‘kdala tumani Umakay mahallasida yashovchi O.Ashurovning mazkur hududdagi 34-umumta’lim maktabiga ishga joylashish yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal qilindi. Qabullar natijasi bo‘yicha jami 105 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

Kasbi tumani Yuksalish mahallasida yashovchi L.Rahmatovaning ta’lim krediti olishni so‘rab qilgan murojaati hal etilib, fuqaroga "Mikrokerditbank" tomonidan kredit ajratilishi ta’minlandi. Jami 100 nafardan ziyod fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlar asosida ichki yo‘llarning 2 kilometr qismiga shag‘al yotqizildi, piyodalar yo‘lagi barpo etildi, transformator o‘rnatildi va ta’mirlandi, 20 ta yangi temir-beton ustunlar qo‘yilib, 3 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.  

Qabullar doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Kasbi tumani Obod Nekuz, Qarshi tumani Quyi Beshkent, G‘uzor tumani Jonbuloq, Koson tumani Chiroqchi mahallalari aholisi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Unda 1 160 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada 355 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 27 nafar bemorga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun, 2 nafar bemorga yuqori texnologiyali operatsiyaga yo‘llanma berildi.  

Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, Koson tumanidagi Chiroqchi, G‘uzor tumanidagi Jonbuloq, Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent hamda Kasbi tumanidagi Obod Neko‘z mahallalaridagi 3 230 ta xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Jami 749 ta xonadonda “Obod xonadon” mezonini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xonadon uylari, devorlari tom qismi ta’mirlandi, 43 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilib, 66 ta xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulandi.  

“Obod ko‘cha” bo‘yicha 71 ta ko‘chada ishlar tashkil etilgan bo‘lib, 7,6 kilometr elektr tarmog‘i tortildi va 40 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi.  

12,4 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, 9 ta ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi. Jami 5 ta ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari, tom qismida ta’mirlash ishlari olib borildi.  

11.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar